Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Qatаg’on qurbonlari Abdulla Qodiriy va Mo‘minjon Toshqin kitoblari taqdimoti tashkillashtirildi.  

Joriy yilning 1-may kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi A.To‘reniyazova tomonidan Taxiatosh tumani Pedagogika Texnikumining talabalariga Qatаg’on qurbonlari Abdulla Qodiriy va Mo‘minjon Toshqin kitoblari taqdimoti tashkillashtirildi.

Kitobxonlarga buyuk adiblarimiz – Abdulla Qodiriy hamda Mo‘minjon Toshqin ijodi va ularning asarlari tanishtirildi. Taqdimot davomida Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi haqida ma’lumot berildi. Uning “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” asarlari orqali xalqimizning o‘tmishi, milliy qadriyatlari yoritib berilgani ta’kidlandi. Afsuski, adib qatag‘on davrida nohaq jazoga uchragani alohida qayd etildi. Shuningdek, Mo‘minjon Toshqin asarlari orqali qatag‘on davrining og‘ir kechinmalari, inson taqdiri va haqiqat uchun kurash mavzulari ochib berildi. Kitobxonlarga mazkur asarlar yaqindan tanishtirildi. Bunday taqdiymotlar yosh avlodni tarixni unutmaslikka, ajdodlar xotirasini e’zozlashga hamda kitobga mehr uyg‘otishga xizmat qiladi. Qatag‘on qurbonlari xotirasi doimo qalblarimizda yashaydi.