Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq shoiri”, “O‘zbekiston Qahramoni”  Ibrayim Yusupov va “O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekiston Qahramoni” To‘lepbergen Qayipbergenovlarning tavallud kuni munosabati bilan “Qoraqalpoq adabiyotining zabardast vakillari” mavzusida badiiy kecha tashkillashtirildi.

Joriy yilning 4-may kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 2-sonli umumta’lim maktabida “O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq shoiri”, “O‘zbekiston Qahramoni” Ibrayim Yusupov va “O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekiston Qahramoni” To‘lepbergen Qayipbergenovlarning tavalludiga 97 yil to‘lishi munosabati bilan “Qoraqalpoq adabiyotining zabardast vakillari” mavzusida badiiy kecha tashkillashtirildi.

Kechaga 2-sonli maktabning Qoraqalpoq tili fani o‘qituvchisi A.Sogieva, maktab maslaxatchisi D.Sultanova, K.Ibragimova va kitobxonlar ishtirok etishdi. Kechani Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova olib bordi. Tadbirni Qoraqalpoq tili fani o‘qituvchisi A.Sogieva ochib berdi. Maktab o‘quvchilari tomonidan yozuvchi va shoirning asarlari va she’rlaridan parchalar o‘qib eshittirildi.

Tadbir davomida yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, buyuk adiblar ijodini keng targ‘ib qilish asosiy maqsad qilib olindi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va raqslar kechaga alohida fayz bag‘ishladi. Ayniqsa, I.Yusupov ijodiga bag‘ishlangan badiiy chiqishlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Yakuniy so‘zlarda o‘qituvchilar tomonidan buyuk adiblar merosini o‘rganish va uni yosh avlodga yetkazish muhimligi yana bir bor ta’kidlandi. Shu tariqa, I.Yusupov va T.Qayipbergenov tavalludining 97 yilligiga bag‘ishlangan tadbir mazmunli va esda qolarli tarzda yakunlandi.