Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq shoiri”, “O‘zbekiston Qahramoni”  Ibrayim Yusupov va “O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekiston Qahramoni” To‘lepbergen Qayipbergenovlarning tavallud kuniga bag’ishlab kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.

O’zbek va qoraqalpoq adabiyotining yorqin namoyandalari — Ibrayim Yusupov hamda To‘lepbergen Qayipbergenovlarning tavalludining 97 yilligiga bag‘ishlab Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada adiblarning hayoti va ijodi, ularning xalq ruhini aks ettiruvchi asarlari keng yoritilgan.

Ko‘rgazma javonlaridan Ibrohim Yusupovning she’riy to‘plamlari, publitsistik asarlari hamda uning ijodiy merosiga oid kitoblar o‘rin olgan. Shoir ijodi orqali inson qalbi, Vatanga muhabbat, hayot falsafasi teran ifoda etiladi. Shuningdek, To‘lepbergen Qayipbergenovning nasriy asarlari, tarixiy va badiiy kitoblari ham ko‘rgazmadan joy olgan bo‘lib, unda yozuvchining xalq hayoti, urf-odatlari va milliy qadriyatlarni aks ettirgan asarlari namoyish etilgan. Shuningdek, ko‘rgazmaga adiblarning portretlari, rangli rasmlar ham joylashtirilib, tashrif buyuruvchilarga ularning boy ijodiy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratilgan. Mazkur ko‘rgazma kitobxonlarni milliy adabiyotimiz durdonalarini o‘qishga, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni qadrlashga chorlaydi.