Joriy yilning 14-may kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi A.To‘reniyazova tomonidan “Kutubxona — dunyoga ochilgan eshik” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suxbatga tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limia qarashli 1-sonli umumta’lim maktabining kutubxonachi R.Qutlimuratova va maktabning kitobxon yoshlari ishtirok etishdi.
Kutubxona — bu oddiy kitob saqlanadigan joy emas. U insonni bilimli, odobli va dunyoqarashi keng bo‘lishga undaydigan maskandir. Har bir kitob — yangi bir olam, yangi bir hayot sabog‘i demakdir. Kitob o‘qigan insonning fikrlashi teran, nutqi ravon va qalbi boy bo‘ladi.
Buyuk allomalarimiz ham kitob va ilmning ahamiyatini alohida ta’kidlaganlar. Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Beruniy kabi ajdodlarimiz ilm orqali dunyoga tanilgan. Ularning muvaffaqiyati ortida mutolaa va kutubxonaga bo‘lgan muhabbat yotadi deya kitobxonlarga vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda kitobning o’rni va foydali jihatlari haqida A.To‘reniyazova o‘z so‘zida aytib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы