Joriy yilning 15-may kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi J.Urazalieva tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyachilari bilan birgalikda “Kitobxon onalar” kuni munosabati bilan “Kitob sevar onalar” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Ayol — millat tarbiyachisi, u nafaqat xonadon bekasi, balki oilada farzandlar uchun yuksak ma’naviyat va odob-axloq namunasi hisoblanadi. Farzandlarning barkamol inson bo‘lib voyaga etishida onaning bilim va dunyoqarashi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois yurtimizda xotin-qizlarning bilimli va ma’rifatli bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yo‘nalishda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini keng targ’ib etish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы