Joriy yilning 18 – may kuni Taxiatosh tumani Axborot – kutubxona markazi Axborot – bibliografiya xizmati rahbari D.Utemuratova tomonidan 18 – may “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan kitobxonlar ishtirokida davra suhbati tashkillashtirildi.
D.Utemuratova tomonidan muzeylar xalqning tarixi, madaniyati, urf-odatlari va qadriyatlarini saqlab keladigan muhim maskan, u erda qadimiy ashyolar, qo‘lyozmalar, san’at asarlari va tarixiy hujjatlar saqlanganligi, shu sababli muzeylar yosh avlodni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega ekanligi, 18-may kuni ko‘plab davlatlarda muzeylarda ochiq eshiklar kuni, ko‘rgazmalar, ekskursiyalar va madaniy tadbirlar o‘tkaziladiganligi, bu esa insonlarni tarix va madaniyatga yanada yaqinlashtirishi haqida aytib o‘tildi. Shuningdek, kitobxonlarga Axborot-kutubxona markazida tashkillashtirilgan “Milliy meroslar – ma’naviyatimiz asosi” mavzusidagi ko‘rgazma ham tanishtirilib o‘tildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы