Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Bola kulsa – olam kuladi” mavzusida rasm chizish tanlovi o‘tkazildi.

Joriy yilning 20-may kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi A.To‘reniyazova tomonidan Taxiatosh tumani “Kelajak markazi” binosida 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Bola kulsa – olam kuladi” mavzusida rasm chizish tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovga “Kelajak markazi” metodisti G.Ametova, markaz bo‘lim boshlig’i E.Ibragimova va “Kelajak markazi” rasm chizish to‘garagi o‘quvchilari ishtirok etishdi. Tanlov davomida bolajonlar o‘z tasavvurlari, orzu-intilishlari hamda baxtli bolalik haqidagi fikrlarini rang-barang rasmlar orqali namoyon etdilar.

Tanlovdan asosiy maqsad— yosh avlodning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, estetik didini oshirish hamda ularni san’atga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilar tomonidan chizilgan rasmlar orasida tinchlik, do‘stlik, tabiat va baxtli bolalik mavzulari keng yoritildi.

Tanlov yakunida faol ishtirok etgan bolalar rag‘batlantirilib, ularning ijodiy ishlari barchada katta taassurot qoldirdi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyat va quvonchli lahzalarga boy tarzda o‘tdi.