Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Kitob bilan bilim sari» mavzusida qiziqarli kitobxonlik soati tashkilashtirildi.

Joriy yilning 13-iyun kuni Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohining ko‘chma kutubxonasida «Kitob bilan bilim sari» mavzusida qiziqarli kitobxonlik soati tashkilashtirildi. Bunda, Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi tomonidan rangba-rang bolalar adabiyotlari va ertak kitoblari tanishtirilib, ularning mazmuni hamda tarbiyaviy ahamiyati haqida suhbat olib borildi.

Kitobxonlar kitoblarni katta qiziqish bilan tomosha qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Undan so‘ng, bolalar o‘zlari yoqtirgan kitoblarni mutola qilish uchun tanlab oldilar.