Joriy yilning 12-iyun kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markaziga Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 4-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti maktabga tayyorlov guruhi tarbiyachilari M.Allayarova, K.Xudaybergenova va guruh bolalari tomonidan “Kutubxonaga ilk qadam” mavzusidagi sayohat tashkillashtirildi.
Sayohat davomida bolajonlar kutubxona faoliyati, kitoblarni saqlash tartibi hamda bolalar uchun ajratilgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan ularga kitobni asrab-avaylash, mutolaa qilishning ahamiyati va kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida sodda va qiziqarli tushunchalar berildi. Kichkintoylar rang-barang ertak kitoblarni, rasmli adabiyotlar va bolalar uchun mo‘ljallangan ko‘rgazmalarni katta qiziqish bilan tomosha qildilar. Ular bilan savol-javoblar, she’r va ertaklar o‘qish jarayoni ham tashkil etilib, kitobga bo‘lgan mehr va qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
Mazkur sayohat bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda kutubxonaga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan mazmunli va esda qolarli tadbir bo‘ldi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы