Joriy yilning 13-iyun kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markaziga “Bilim xazinasi sari yo‘l” mavzusida sayohat tashkillashtirildi. Bu sayohatga Qoraqalpog’iston Pedagogika Texnikumi kutubxonachisi va fan o‘qituvchilari M.Sedametova, G.Abdullaeva, N.Nurabullaevalar va kitobxonlari tashrif buyurishdi.
Sayohat davomida ishtirokchilar kutubxonaning kitob fondi, o‘quv zallari, bolalar bo‘limi hamda zamonaviy axborot-resurslari bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan kutubxonadan foydalanish qoidalari, kitoblarni izlash va ulardan samarali foydalanish usullari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Sayohatdan maqsad yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish va bilim olishga intilishni rag‘batlantirishga qaratildi. Sayohatga tashrif buyurganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, turli badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan tanishib, kutubxonaning ma’naviy va ma’rifiy ahamiyatini yanada chuqurroq angladilar.
Mazkur sayohat yosh avlodni kitob bilan do‘stlashishga, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga hamda bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы