Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Qonun va adolat sari” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 17-iyun kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Qonun va adolat sari” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbatga Taxiatosh tumani IIBning Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha boshliq o‘rinbosari M.Qarlibaev, IIB xodimlari va Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Suhbatning asosiy maqsadi – yoshlar va kitobxonlarning huquqiy bilimlarini oshirish, qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish hamda jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni saqlashda har bir fuqaroning mas’uliyatini anglatishdan iborat. Suhbatda IIBning Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha boshliq o‘rinbosari M.Qarlibaev tomonidan fuqarolarning huquq va majburiyatlari, qonunbuzarliklarning oldini olish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik profilaktikasi, internet xavfsizligi va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berilib, amaliy misollar orqali qonunlarga rioya qilishning ahamiyati yoritildi.

Suhbat davomida adolat, halollik, vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyati kabi qadriyatlar, kitob va bilimning huquqiy ongini rivojlantirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Bu kabi uchrashuvlar huquqiy madaniyatni yuksaltirish va yoshlarni mas’uliyatli fuqarolar etib tarbiyalashga xizmat qiladi.