Joriy yilning 18-iyun kuni Taxiatosh tumanida “Yoshlar oyligi” doirasida “Tashabbuslar marafoni”ga tantanali ravshda start berildi. Bu — o‘z g‘oyasini amalga oshirish uchun kuchli jamoa, tajribali mutaxassislar va yangi hamkorlar izlayotgan yoshlar uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.
Marafon – sun’iy intellekt va startaplar, tadbirkorlik va volontyorlik, kitobxonlik va xorijiy tillar, madaniyat va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.
Marafonda Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar ko‘rgazmalari tashkillashtirildi. Marafonga tashrif buyurganlar ko‘rgazmadagi kitoblar bilan tanishib chiqdi va Axborot-kutubxona markazi haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar. Ma’rafon ajoyib kontsert dasturi bilan yakunlandi.




2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы