Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Tabiat bag’ridagi ertak soati» mavzusida ovozli ertak o‘qish kuni tashkillashtirildi.

Joriy yilning 22-iyun kuni Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi N.Mamutova tomonidan «Tabiat bag’ridagi ertak soati» mavzusida ovozli ertak o‘qish kuni tashkilashtirildi.
Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda tabiatga mehr-muhabbat tuyg’usini shakillantirish maqsadida oromgohning 4-guruh bolajonlariga qiziqarli ertak kitoblardan parchalar o‘qib eshittirildi. Ertak qahramonlari haqida suhbatlar o‘tgazildi hamda bolalar o‘zlari sevib o‘qigan kitoblari haqida fikr almashdilar.
Tabiat qo‘ynida tashkil etilgan mutolaa mashg’uloti tabiat va kitobxonlikga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tgazishlariga xizmat qildi.