Joriy yilning 24-iyun kuni Taxiatosh tumani Aydin jol bolalar yozgi oromgohidagi ko‘chma kutubxonada kutubxona mutaxassisi N.Mamutova tomonidan «Topqir bolajonlar davrasi» mavzusida savol-javob o‘yini tashkilashtirildi.
Bu savol-javob o‘yinida «Bolalar uchun topishmoqlar» kitobidan turli topishmoqlar va mantiqiy savollarga bolajonlar javob berib, o‘zlarining topqirligi, hozirjavobligi va bilimlarini oshirib shuningdek, bir-birlari bilan fikr almashib jamoaviy hamkorlik va topqirlik ko‘nikmalarini namayon etdilar.
Savol-javob oyini ko‘tarinki ruhda o‘tib, bolalarda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы