Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Smartfonsiz bir kun» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

«Mustaqilligimizning 35 yilligi – Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida» shiori ostida va iyun – avgust oylari payshanba – «Yoshlar kuni» doirasida joriy yilning 25-iyun kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida  «Smartfonsiz bir kun» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbatda Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi A.To‘reniyazova tomonidan bugungi kunda smartfonlar hayotimizning ajralmas qismiga aylanganligi, ular orqali muloqot qilish, ma’lumot izlash va vaqt o‘tkazishimiz mumkunligi lekin, ba’zan smartfondan bir kunga voz kechish insonga yangi taassurotlar va foydali mashg’ulotlar bilan shug’ullanish imkonini berishi, smartfonsiz kunni kutubxonada o‘tkazish eng yaxshi tanlovlardan biri ekanligi, kutubxona – ilm-ma’rifat, bilim va tafakkur maskani, kutubxonada turli mavzularga oid kitoblar bilan tanishish, yangi bilimlarni egallash va tinch muhitda mutolaa qilish mumkinligi, smartfon chalg’itmagani uchun kitob mazmuniga to‘liq e’tibor qaratish osonlashishi, smartfonsiz bir kunni kutubxonada o‘tkazish vaqtdan unumli foydalanish, kitobga mehr uyg’otish va yangi bilimlarga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat ekanligi haqida aytib o‘tildi.

Suhbat so‘ngida kitobxonlar o‘zlarining sevimli kitoblari va asar qahramonlari haqida suhbatlashdi.