Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Giyohvandlik – kelajak kushandasi» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 26-iyun kuni Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohidagi ko‘chma kutubxonada «Giyohvanlik – kelajak kushandasi» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Suhbatga Taxiatosh tumani Ichki ishlar bo‘limining Voyaga etmaganlar masalalari bo‘yicha katta inspektor psixologi O.Nizamaddinov, Taxiatosh tumani Ko‘p tarmoqli poleklinikasi bolalar doktori K.Dosjanova, «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohi bosh tarbiyachisi G.Seytnazarovalar ishtirok etishdi.

Suhbatdan maqsad – yoshlarni giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning inson salomatligi, oilasi va jamiyat hayotiga yetkazadigan zararlari haqida xabardor qilishdan iborat bo‘ldi.

Suhbat davomida mutaxassislar giyohvand moddalar insonning jismoniy va ruhiy salomatligini izdan chiqarishi, bilim olish va kelajakdagi orzu-maqsadlarga erishishga to‘sqinlik qilishi, shuningdek o‘sib kelayotgan yosh avlod sog‘lom turmush tarziga rioya qilishi, zararli odatlardan yiroq bo‘lishi va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishning ahamiyati haqida tushunchalar berdi.