Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Naymanko‘l» OFYda kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 3-iyul kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Naymanko‘l» ovul fuqoralar yig’ini binosida kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.

Ko‘rgazmadan maqsad – aholi orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida tashkil etildi. Ko‘rgazmada badiiy adabiyotlar, o‘zbek, qoraqalpoq va jahon adabiyotlari, bolalar adabiyoti, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy kitoblar namoyish etildi.

Mahallalardan tashrif buyurganlar kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan asarlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, kitob mutolaasining inson ma’naviyati, dunyoqarashi va intellektual salohiyatini yuksaltirishdagi ahamiyati haqida suhbatlar o‘tkazildi.

Ko‘rgazma mahalla aholisida kitobga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlash, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va yoshlarni bilim olishga rag’batlantirishga xizmat qildi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar jamiyatda kitobxonlik muhitini yanada rivojlantirishga muhim hissa qo‘shadi.