Joriy yilning 10-iyul kuni Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohida tabiat manzarasida Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi A.To‘reniyazova tomonidan «Mo‘jizalar olamiga sayohat» mavzusida ertak terapiyasi mashg’uloti o‘tkazildi.
«Mo‘jizalar olamiga sayohat» mavzusida tashkil etilgan ertak terapiyasi mashg’uloti bolalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish va erkin fikr bildirish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.
Mashg’ulot davomida bolalar sehrli ertak olamiga sayohat qilib, yaxshilik, mehr-oqibat, do‘stlik va jasorat kabi insoniy fazilatlarni o‘zida mujassam etgan qahramonlar bilan tanishdilar. Ertak mazmuni yuzasidan suhbat o‘tkazilib, bolalar qahramonlarning xatti-harakatlarini tahlil qildilar hamda o‘z fikr va mulohazalarini erkin bayon etdilar.
Shuningdek, mashg’ulotda rolli o‘yinlar, ijodiy topshiriqlardan foydalanildi. Bu jarayon bolalarning tasavvur doirasini kengaytirish, nutqini rivojlantirish va jamoada hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida bolalar ertak qahramonlaridan ibrat olish, yaxshilik qilish, do‘stlariga mehribon bo‘lish va qiyinchiliklarni jasorat bilan engish haqida muhim xulosalar chiqardilar.
Mashg’ulot qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi, bolalar qalbida ijobiy taassurot qoldirdi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы