Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Fuqarolik huquqi tushunchasi» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 17-iyul kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida Taxiatosh tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan «Fuqarolik huquqi tushunchasi» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Suhbatni Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari D.Utemuratova kirish so‘z bilan boshlab berdi.

IIBning Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha boshliq o‘rinbosari M.Qarlibaev fuqoralik huquqlari bo‘yicha ma’lumotlar aytib o‘tdi.

Fuqarolik huquqi jamiyatdagi mulkiy va shaxsiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga soladigan muhim huquq tarmog’idir, u fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mulk daxlsizligini ta’minlash hamda iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Fuqarolik huquqini bilish har bir shaxsning o‘z huquqlarini to‘g’ri amalga oshirishi va himoya qilishiga xizmat qiladi.

Suhbatda IIB xodimlari va Axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirok etishdi.