Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Kitoblar dunyosi» markazida kitobxon yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Joriy yilning 23-iyul kuni ya’ni payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Taxiatosh tumanida yangi foydalanishga topshirilgan «Kitoblar dunyosi» markazida tuman hokimi I.Sdikov ishtirokida yosh kitobxonlar bilan samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda rahbarlar va yoshlar o‘zlari mutolaa qilgan sevimli kitoblari, ularning mazmun-mohiyati hamda shaxsiy kamolotdagi o‘rni haqida o‘zaro fikr almashdilar. Shuningdek, badiiy adabiyotlarga oid har-hil qiziqarli kvest o‘yinlari tashkillashtirildi.

Bunday tadbirlar yoshlarni kitobxonlikga chorlash borasida eng katta ahamiyatga ega.