Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumanida «Yoshlar tashabbuslari marafoni» loyihasi davom etmoqda.

Joriy yilning 25-iyul kuni Taxiatosh tumanida «Yoshlar oyligi» doirasida «Yoshlar tashabbuslari marafoni» davom etmoqda.

Loyiha tuman yoshlarining eng intellektual, qobiliyatli va shijoatli yoshlarini bir maqsad yo‘lida birlashtirdi. Yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, marafon doirasida 7 xil yo‘nalishda maxsus maydonchalarda yoshlar o‘z qobiliyatlarini namoyon etdi. Shular qatorida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkillashtirilgan kitoblar ko‘rgazmasi ham barcha bilimga chanqok yoshlarni o‘ziga jalb qildi.