Joriy yilning 27-iyul kuni Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohidagi ko‘chma kutubxonada oromgoh tarbiyalanuvchilarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ularning bilim va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi.
Tadbirni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi A.Tóreniyazova olib bordi.
O‘yin davomida jahon adabiyoti, mantiq va umumiy bilimlarga oid qiziqarli savollar berildi. Musobaqada oromgohning 1-guruhidan «Bilimdonlar» hamda 2-guruhidan «Zakovat» jamoalari o‘zaro bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, hakamlar hay’ati qarori bilan «Bilimdonlar» jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Tadbir ishtirokchilarda kitobga mehr, bilim olishga qiziqish va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini yanada mustahkamladi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы