Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Sun’iy intellekt va kelajak kasblari» mavzusida taqdimot va yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Joriy yilning 6-avgust kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Sun’iy intellekt va kelajak kasblari» mavzusida taqdimot va yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Bunda Axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi A.Vaysova tomonidan “Sun’iy intellekt va kelajak kasblari” mavzusida taqdimot ko‘rsatildi va taqdimot bo‘yicha batafsil ma’lumot berilib o‘tildi. Taqdimot davomida mavzuni yanada mustahkamlash maqsadida A.Vaysova tomonidan yoshlar bilan birgalikda savol-javoblar o‘tkazildi.

Taqdimotdan so‘ng, Axborot-kommnikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati rahbari A.To‘remuratova tomonidan S.Rasselning «Insonga mos sun’iy intellekt va nazorat muammosi» kitobi haqida ma’lumot berildi va o‘qib ko‘rishlari tavsiya etildi.