Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Payshanba – yoshlar kuni doirasida uchrashuv tashkillashtirildi.

Joriy yilning 13-avgust payshanba – yoshlar kuni doirasida Taxiatosh tumani hokimligi binosi yonida yosh volontyorlar tashabbusi bilan tashkil etilgan «Kitoblar dunyosi» kutubxonasida eng faol, intiluvchan, ijodkor tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabda kutubxonachilik sohasida faoliyat yuritayotgan yosh kutubxonachi Dilfuza Xalbaeva bilan yoshlar va kutubxona mutaxassislari ishtirokida uchrashub tashkillashtirildi.

Uchrashuv davomida faol kutubxonachi o‘zining kasbiy faoliyati, kitobxonlar bilan ishlash tajribasi, zamonaviy kutubxona xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari hamda yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirishning samarali usullari haqida so‘zlab berdi.

Tadbirda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, kutubxonachilik kasbining o‘ziga xos jihatlari, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, elektron resurslar bilan ishlash va kitobxonlar bilan samarali muloqot qilish borasida fikr almashdilar.

Mazkur uchrashuv yosh kutubxonachilarni yanada faol va tashabbuskor bo‘lishga undash, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda kitobxonlik muhitini rivojlantirishga xizmat qildi.

«Kitoblar dunyosi» kutubxonasining o‘ziga xos muhiti bag‘rida suhbatlashish va fikr almashish yoshlar uchun unutilmas lahzalarga aylandi.