Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Yoshlar siyosati va boshqaruvda yoshlarning ishtiroki kuni» doirasida «Kafedra almashish» kuni bo‘lib o‘tdi.  

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida «Yoshlar siyosati va boshqaruvda yoshlarning ishtiroki kuni» doirasida «Kafedra almashish» kuni bo‘lib o‘tdi. Bundan maqsad xodimlarning kasbiy bilim va tajribalarini oshirish, o‘zaro tajriba almashish, har bir mutaxassisning ish faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda ish jarayonidagi ilg‘or usullarni o‘rganishdan iboratdir.

Bunda Axborot-kutubxona markazi xodimlari Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati, Fondni to‘plash, saqlash va qayta ishlov berish xizmati, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmatining ish faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdi.

Bunday tajriba almashuvlar jamoada hamkorlikni mustahkamlash va kutubxona xizmatlari sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.