Joriy yilning 4-sentyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat fahriylari uchun “Taxiatosh” sanatorisiga «Kitob — qalb ziyosi» mavzusida ko‘chma kutubxona tashkillashtirildi.
Bunda sanatorida davolanayotganlar uchun turli janrdagi badiiy adabiyotlar, jahon va o‘zbek adabiyoti durdonalari, tarixiy-ma’rifiy asarlar, she’riy to‘plamlar hamda ommabop nashrlar taqdim etildi.
Kitobxonlarga mutolaaning inson ruhiyati va kayfiyatiga ijobiy ta’siri, kitob o‘qish orqali bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, bilim va dunyoqarashni boyitishning ahamiyati haqida suhbatlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘zlari qiziqqan kitoblarni tanlab, mutolaa qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ko‘chma kutubxona sanatorida davolanayotgan fuqarolarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishiga xizmat qiladi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы