Joriy yilning 8-sentyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida “Huquqingni bil — kelajagingni himoya qil” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Suhbatga Axborot-kutubxona markazi direktori N.Sultanova, Taxiatosh tumani IIBning Profilaktika Inspektorlari P.Sariev, A.Abdirashidov va Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ishtirok etishdi. Suhbatni Axborot-kutubxona markazi direktori N.Sultanova ochib berdi. Undan so‘ng, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolarning qonuniy huquqlarini bilishi, huquqiy madaniyatni oshirish hamda qonunlarga rioya qilish masalalari yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida IIBning Profilaktika Inspektori P.Sariev so‘zga chiqib APK fayllari, ularni mobil qurilmalarga o‘rnatishda rioya qilinishi lozim bo‘lgan xavfsizlik choralari hamda noma’lum manbalardan yuklab olingan dasturlardan foydalanishning ehtimoliy xavflari haqida va Ishtirokchilarga noma’lum APK fayllarini o‘rnatish natijasida shaxsiy ma’lumotlar, telefon raqamlari, fotosuratlar va boshqa ma’lumotlarning xavf ostida qolishi mumkinligi tushuntirildi. Shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, internet va mobil ilovalardan xavfsiz foydalanish hamda huquqiy jihatdan ehtiyotkor bo‘lish yuzasidan tavsiyalar berildi. Suhbat yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan tegishli tushuntirishlar oldilar.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы