Joriy yilning 14-sentyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan “Kitobsevar onalar” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Bugungi suhbat mehmoni – kitob mutolaasini targ‘ib etib kelayotgan, farzandlariga ibrat bo‘layotgan, bo‘sh vaqtini kitob bilan mazmunli o‘tkazadigan, Axborot-kutubxona markaziing eng faol kitobxoni Nargiz Xaybullaeva va 3-sonli maktab kutubxonachisi A.Aymaxanovalar ishtirok etishdi. Suhbatdan maqsad onalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa orqali oilada ma’naviy muhitni mustahkamlash va farzandlarni kitobga mehr ruhida tarbiyalash onalar bilan kitobning inson hayotidagi o‘rni, farzand tarbiyasida mutolaaning ahamiyati, oilaviy kitobxonlikni shakllantirishdan iborat edi.
Tadbirda kitobxon onalar oilada mutolaa faolligini oshirish, kitobxonlik muhitini yaratish hamda yosh avlodni bilimli, ma’rifatli va kitosevar qilib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosligi haqida fikr bildirib, o‘zlarining sevib o‘qigan kitoblari haqida so‘zlab, ularning inson hayotiga ma’naviy tasiri haqida aytib berdi va o‘qigan asarlarini kitobxonlarga o‘qib ko‘rishlari uchun tavsiya qildi. Shuningdek, kitobxonlar tomonidan onalar uchun «Sizning eng birinchi o‘qigan asaringiz», «Siz tavsiya qiladigan kitob», «Farzandlaringiz bilan o‘qigan sevimli kitobingiz» mavzularida qiziqarli savol-javoblar o‘tkazildi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы