Joriy yilning 17-sentyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi A.To‘reniyazova tomonidan 17-sentyabr o‘zbek adabiyotining atoqli namoyondasi Abdulla Qahhorning tavallud topgan kuni munosabati bilan “Qalblardan joy olgan adib” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Bunda o‘quvchi yoshlarga Abdulla Qahhorning hayoti va ijodi shuningdek, o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni, hikoya va qissalari, dramaturgiya hamda tarjimonlik faoliyati haqida ma’lumotlar berildi, uning boy adabiy merosini o‘rganishga qiziqish uyg‘otish hamda kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkillashtirildi.
Suhbatda yozuvchining “O‘g‘ri”, “Anor”, “Bemor”, “Dahshat”, “Mayiz yemagan xotin” kabi mashhur hikoyalari haqida fikr almashildi. O‘quvchilar adib asarlaridan parchalar o‘qib, ularning mazmun-mohiyati va tarbiyaviy ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdilar. Shuningdek, tadbir davomida Abdulla Qahhor ijodiga oid savol-javoblar o‘tkazilib, o‘quvchilarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishi oshirildi. Davra suhbati qiziqarli va mazmunli tarzda o‘tkazildi. Kitobxonlar Abdulla Qahhorning hayoti va ijodi haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Tadbir so‘ngida adibning asarlarini mutolaa qilish va uning ijodiy merosini yanada chuqur o‘rganish tavsiya etildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы