Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Ma’naviyat qalqoni» tanlovi o‘tkazildi.

Joriy yilning 18 – sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanidagi harbiy qismda »Ma’naviyat qalqoni» tanlovining harbiy qism bosqichi o‘tkazildi. Tabdirda Taxiatosh tumani Axborot – kutubxana markazi xodimlari hay’at a’zolari sifatida ishtirok etdi va Axborot-kutubxona markazining yangi adabiyotlaridan kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.

Tanlov jarayonida asarlar mazmunini anglash, adabiy qahramonlarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash va o‘z nuqtayi nazarini asoslash ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratildi. Tanlov yakunlari belgilangan tartibda keyingi bosqichda ishtirok etadigan harbiy xizmatchilarni saralab olinib, g‘oliblar munosib taqdirlandi.