Joriy yilning 22-sentyabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazida Axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari o‘rtasida «Yilning eng yaxshi Axborot-kutubxona mutaxassisi – 2026» ko‘rik-tanlovining II bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda ishtirokchilar 4 shart bo‘yicha bellashdi. Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining kasbiy faoliyati, erishgan yutuqlari, ilg‘or tajribalari hamda kutubxona xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari haqida taqdimotlar namoyish etdi. Shular qatorida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazidan Almagul Vaysova ham ishtirok etib «Kitobxonlikni rivojlantirishda faollik ko‘rsatgan kutubxonachi» nominatsiyasi bilan taqdirlandi.




2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы