Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida «Umummilliy diktant» loyihasi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktyabrdagi «Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida»gi PQ-308-sonli qarorining 7-band (g) kichik bandida har yili oktyabr oyida: «Umummilliy diktant» loyihasini o‘tkazish topshirig‘iga binoan Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida 2026-yil  19-oktabrda xodimlar orasida diktant o‘tkazildi.

Axborot-kutubxona markazi xodimlarilarning davlat tilida savodli yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish, imlo qoidalarini mustahkamlash va tilga hurmatni uning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, o‘zbek tilining qo‘llanilishi, o‘zbek tilida diktant yozish savodxonligini doimiy oshirish maqsadida «Umummilliy diktant» loyihasi tashkil etildi.

Tadbirda Taxiatosh tumani hokimining Ma’naviyat va davlat tili masalalari bo’yicha hokim maslahatchisi B.Perdebaeva, Taxiatosh tumani Respublika Ma’naviat va ma’rifat markazi Taxiatosh tuman bo’limi rahbari M.Djumamuratovalar ishtirok etdi.