Joriy yilning 24 noyabr kuni Taxiyatoah tumani «Barkamol avlod» maktabida «Kitobxonlik haftaligi» o‘tkazildi. Bunda «Barkamol avlod» bolalar maktabida o‘qib, hunar o‘rganayotgan o‘quvchilari, «Barkamol avlod» bolalar maktabi kutubxonachisi G.Taganberdiyeva, tuman Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi D Xalbayeva va Ma’lumot-bibliografiya mutaxassisi D. Utemuratova qatnashdilar.
Tadbir davomida D.Xalbayeva tomonidan «Barkamol avlod» bolalar maktabida o‘qib, hunar o‘rganayotgan kitobxonlar ishtirokida kutubxonamizdagi yangi adabiyotlar haqida tanishtirib, «O‘yla, izla, top» savol-javob o‘yini o‘tkazildi. O‘yinda kitobxonlar faol ishtirok etib, «Fahriy yorliqlar» bilan taqdirlandi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы