Joriy yilning, 14-fevral kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi, tumanimizdagi 99651- sonli harbiy qism bilan hamkorlikda buyuk mutaffakkir Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi va Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual o’yini tashkillashtirildi.

Tadbirga, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi, Taxiatosh tumani hokimligi, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo’linmasi ham ishtirok etib, 99651-sonli harbiy harbiy kism komandir o’rinbosari X.Z. Andaev kirish so’zi bilan ochib berib, bugungi tadbirning maqsadi bilan tanishtirib, ikki buyuk inson, ajdodlarimiz Mir Alisher Navoiy va Zahriddin Muhammad Boburning tug’ilgan kunlari bilan ishtirokchilarni tabrikladi.


Undan so’ng, Zakovat uyini bo’yicha jyuriy a’zolari tanishtirilib, tuman uyushmagan yoshlardan «Navoiy», harbiy qism xizmatchilaridan «Temuriylar», harbiy qism askarlaridan «Bobur», Xalq ta’lim bo’limiga qarashli 7 sonli maktab o’quvchilaridan «Foniy» komandalari tuzilib, o’z-aro bellashdi.Zakovat o’yiniga, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi D.Xalbaeva raxbarlik qilib, savollar asosan, ikki buyuk inson hayoti va ijodi, umri davomida amalga oshirgan ishlari va kitoblari buyicha savollar tuzilib, berilgan savollarga aniq va tug’ri javob bergan jamoa g’olib deb topilib,

Xalq ta’lim bo’limiga qarashli 7 sonli maktab o’quvchilaridan «Foniy» komandalari birinchi o’rinni egalladi. G’oliblarga estalik uchun, diplom va sovg’alar bilan taqdirlandi.
2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы