Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida kitobxon yoshlarning uylariga borib xabar olindi

Joriy yilning,  17-iyun kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.Toreniyazova va mutaxassisi D.Xalbaeva tomonidan “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida tumanimizdagi “Naymanko’l” OFY xududidagi 2008-yili tug’ilgan Urazimbetov Nasirulla va Namunali ko’chasi 2 xonadonda yashovchi 2012-yili tug’ilgan Ozatova Mohinurlarning uylariga borib xabar olindi.  Ular bilan suhbat qilinib, suhbat davomida N.Urazimbetov badiiy kitoblardan qahramonlari uy hayvonlari bo’lgan ertaklarni, M.Ozatova esa har doim yaxshilik bilan tugaydigan hikoyalarni,  mushuklar va quyonlar haqidagi ertaklarni  sevib o’qishlari inobatga olinib, Kutubxonamiz fondidan joy olgan “Susambil”, “Bo’ri bilan Mergan”, “Mo’ttivoy”, “Yumshoq ismli tipratikon” kitoblari etkazib berildi.  Shuning bilan birga, kutubxona xodimlari tomonidan  kitoblar muntazam etkazib berilishi aytib o’tildi va kutubxonamizdagi badiiy adabiyotlar, shoirlarning she’riy to’plamlari,  qoraqolpoq, o’zbek, russ tilidagi har xil ertak kitoblar mavjudligi  to’g’risida ma’lumotlar berildi.