Joriy yilning 20-iyun kuni, Taxiatosh tumani » Aydin jol» bolalar yozgi dam olish oromgohida, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassissi M. Xojantaeva tomonidan bolalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida 3-guruh bolalari ishtirokida, “Kitobim oftobim” mavzusida tabiat qo’ynida suhbat o’tkazildi. Suhbatda davomida bolalarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini oshirish maqsadida » Ertaklar olamida», “Оltin beshik”, » Paxlavоn Rustam», » O’ta vasiyati”, » Susambil» ertaklari o’qib berildi. Shuningdek, bolalar o’zlarning qanday badiiy kitoblarni yaxshi ko’rishi, asosan qanday ertaklarni sevib mutolaa qilishi haqida o’rtoqlashdilar, ularning so’zlaridan dunyoni misli ertaklar olami kabi qiyoslaganligi, beg’ubor qalblari olamga o’zgacha ko’zlar bilan qarashlari, bolalarimiz ertak kitoblarga bo’lgan qiziquvchanligi yaqqol sezilip turar edi. Ushbu guruh bolalari A. Arazov va D. Narbaevlar o’zlarining o’qigan ertaklaridan qisqacha mazmunini gapirib berdilar, bugungi suhbat mazmunli va qiziqarli ravishda nihoyasiga yetdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы