{"id":1723,"date":"2023-09-04T08:30:23","date_gmt":"2023-09-04T05:30:23","guid":{"rendered":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/?p=1723"},"modified":"2023-09-04T08:33:06","modified_gmt":"2023-09-04T05:33:06","slug":"ulug-ozbek-mutafakkir-olimi-orta-asrning-buyuk-dahosi-oz-zamonasining-hamma-fanlarini-birinchi-navbatda-falakiyot-fizika-riyoziyot-ilohiyot-madanshunoslik-fanlarini-puxta-egallagan-ol","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/archives\/1723.html","title":{"rendered":"Ulug&#8217; o&#8217;zbek mutafakkir olimi, o&#8217;rta asrning buyuk dahosi, o&#8217;z zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot, fizika, riyoziyot, ilohiyot, ma&#8217;danshunoslik fanlarini puxta egallagan olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining  1050 yilligiga \u00abJahon olimlari nigohida\u00bb mavzusida bibliografik sharh"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><strong><em>\u00abBuyuk alloma va adiblarimiz, aziz-\u00a0<\/em><\/strong><strong><em> avliyolarimizning bebaho merosi,<\/em><\/strong><strong><em>engilmas sarkarda va arboblarimizning <\/em><\/strong><strong><em>jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g&#8217;urur<\/em><\/strong><strong><em>va iftixor tuyg&#8217;o&#8217;larini kuchaytirishga alohida e\u2019tibor qaratishimiz kerak\u00bb <\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong><em>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Shavkat Mirziyoev<\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong><em>\u00a0<\/em><\/strong><strong>Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad<br \/>\n<\/strong><strong>(973 \u2013 1048)<\/strong><\/p>\n<p>Abu Rayhon Beruniy \u2013 ulug&#8217; o&#8217;zbek mutafakkir olimi, o&#8217;rta asrning buyuk daholaridan. O&#8217;z zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot, fizika, riyoziyot, ilohiyot, ma&#8217;danshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qo&#8217;shgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy oldi.Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 973 yil 4 sentyabrda qadimgi Kat shahrida tavallud topdi. Uning nasl-nasabida \u201cberun\u201d so&#8217;zi \u201ctashqi shahar\u201d, \u201cBeruniy\u201d esa \u201ctashqi shaharda yashovchi kishi\u201d ma&#8217;nosini bildiradi.Beruniyning ilm-fanga qiziqishi yoshligidanoq kuchli bo&#8217;lgan. Mashhur olim Abu Nasr ibn Iroq Mansur qo&#8217;lida ta&#8217;lim oladi. Ibn Iroq falakiyot va riyozotga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bag&#8217;ishlaydi. Beruniy ham ustozining ismini hamma vaqt zo&#8217;r hurmat bilan tilga oladi.Beruniy fanning deyarli hamma sohalari bilan shug&#8217;ullandi. Sharqning boy fan va madaniyatini puxta o&#8217;rganib, yunon ilmi bilan ham chuqur tanishib, yirik olim bo&#8217;lib etishdi. Beruniy shoir, adabiyotshunos ham edi. Ona tilidan tashqari arab, sug&#8217;diy, fors, suryoniy, yunon va qadimiy yahudiy tillarini egalladi. Keyinchalik, Hindistonda sanskrit tilini o&#8217;rgandi. O&#8217;z ilmiy asarlaridan birida yozishicha, Beruniy Xorazmda yashagan davrida 990 yildan Kat shahrida muhim astronomik kuzatishlar o&#8217;tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o&#8217;zi astronomik asboblar ixtiro qilgan.Xorazm zodagonlari orasida taxt uchun boshlangan kurashlar olimning bu ilmiy ishlarini davom ettirishga imkon bermaganligi bois, 22 yoshida vatanini tashlab chiqib ketishga majbur bo&#8217;ldi va bir qancha vaqt Kaspiy dengizining janubi-sharqiy sohilidagi Jurjon shahrida muhojirlikda yashadi. So&#8217;ng qadimgi Ray shahriga bordi, 998 yildan keyin yana Jurjonga keldi va bu erda o&#8217;zining ikkinchi ustozi tabib, astronom, faylasuf Abu Sahl Iso al-Masihiy bilan tanishib, undan ta&#8217;lim oldi. Beruniy \u201cOsor al-boqiya an al-qurun al-xoliya\u201d (\u201cQadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar\u201d) asarini Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000 yilda tamomlagan. \u201cOsor al-boqiya\u201d Beruniyga juda katta shuhrat keltirdi, uni fanning hamma sohasiga qiziquvchi buyuk olim ekanini ko&#8217;rsatdi. Bundan tashqari Beruniy Jurjonda astronomiya, netrologiya tarixiga oid 10 dan ortiq asar yozdi. Beruniy Xorazmning yangi hukmdori Abu Abbos Ma&#8217;mun II ibn Ma&#8217;mun tomonidan mamlakatning yangi poytaxti Urganchga chaqirtirildi. Xorazmshoh tomonidan katta izzat-ikrom bilan qabul qilindi. Beruniy Urganchda Ma&#8217;munning bevosita rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat ko&#8217;rsatdi. Beruniy shoh Ma&#8217;mun II ning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakatning siyosiy ishlarida ham faol qatnashadi.Xorazmning Mahmud G&#8217;aznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini xavf ostiga qo&#8217;yadi. U Xorazmshoh saroyidagi barcha olimlar bilan birga G&#8217;azna shahriga asir qilib olib ketiladi. Beruniyning 1017-1048 yillarda G&#8217;aznada kechirgan hayoti, bir tomondan nihoyat og&#8217;ir kechgan bo&#8217;lsa, ikkinchi tomondan, uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr bo&#8217;ldi. Beruniyning \u201cXorazmning mashhur kishilari\u201d asari ham shu davrda yaratilgan. Uning muhim astronomik-geografik asari \u201cTahdid nihoyot al-amoniya li tashidi masofat al-masokin\u201d (\u201cTurar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash\u201d \u2013 \u201cGeodeziya\u201d) 1025 yilda yozib tugatilgan. Beruniyning \u201cMunajjimlik san\u2019atidan boshlang&#8217;ich tushunchalar\u201d asari ham 1029 yil G&#8217;aznada yozilgan. Asarning forscha, arabcha nusxalari bizgacha etib kelgan. Unda o&#8217;sha zamon astronomiyasi bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan bir qancha fanlar haqida muhim ma&#8217;lumotlar berilgan. Beruniyning \u201cHindiston\u201d nomli mashhur yirik asari \u201cTahqiq mo li-l-Hind min ma&#8217;quda fi-l-aql av marzula\u201d (\u201cHindlarning aqlga sig&#8217;adigan va sig&#8217;maydigan ta&#8217;limotlarini aniqlash kitobi\u201d) 1030 yilda yozilgan bo&#8217;lib, bu shoh asar G&#8217;arb va Sharq olimlari, shu jumladan, hozirgi zamon hind olimlari tomonidan yuksak baholangan. Akademik V. R. Rozen \u201cSharq va G&#8217;arbning qadimgi va o&#8217;rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yo&#8217;q\u201d, deb baho bergan. Mahmud G&#8217;aznaviyning Hindistonga qilgan yurishlaridan birida shohga hamroh bo&#8217;lgan Beruniy, u erda sanskrit tilini puxta o&#8217;rganishi hind madaniyati, adabiyoti va Hindistonning o&#8217;sha davr olimlari bilan yaqindan tanishishga hamda bu mamlakat haqida o&#8217;lmas asar yaratishga imkon berdi. \u201cHindiston\u201d asari yozib tugatilgan yili Mahmud G&#8217;aznaviy vafot etdi va uning o&#8217;rniga taxtga o&#8217;g&#8217;li Mas\u2019ud o&#8217;tirdi. Bu davrda Beruniyning ahvoli ancha yaxshilandi. Astronomiyaga oid \u201cMas\u2019ud qonuni\u201d asarini sulton Mas\u2019udga bag&#8217;ishladi. O&#8217;sha asr olimlaridan biri Yoqutning yozishicha: \u201cMas\u2019ud qonuni\u201d kitobi matematika va astronomiya bo&#8217;yicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini o&#8217;chirib yuborgan\u201d.Beruniy o&#8217;z asarlari ro&#8217;yxatini tuzgandan keyin yana ikkita muhim kitobini yozgan. Bulardan biri \u201cMineralogiya\u201ddir. Bu risola o&#8217;z zamonasi uchun Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq, hatto Evropada ham mineralogiya sohasida eng yaxshi, tengi yo&#8217;q asar hisoblanadi. Beruniyning oxirgi asari &#8211; \u201cDorivor o&#8217;simliklar haqida kitobi\u201dning qo&#8217;lyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada topildi. Asar \u201cSaydona\u201d nomi bilan mashhur, unda Beruniy Sharq, ayniqsa, Markaziy Osiyoda o&#8217;sadigan dorivor o&#8217;simliklarning to&#8217;la tavsifini beradi.Beruniy shogirdi Abu-l Fadl as-Seraxsiy ma&#8217;lumotiga ko&#8217;ra 1048 yil 13 dekabrda G&#8217;azna shahrida (hozirgi Afg&#8217;oniston) vafot etgan.Beruniy so&#8217;nggi avlodlarga katta ilmiy meros qoldirdi. Beruniyning o&#8217;z davri ilm-fanining turli sohalariga oid 160 dan ortiq tarjimalari, turli hajmdagi asarlari, yozishmalari qolganligi bizga ma&#8217;lum. Yuqorida ko&#8217;rsatib o&#8217;tilgan katta hajmdagi asarlaridan tashqari astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tibbiyot, farmokognoziya, tarix, filologiya masalalariga oid qator risolalar yaratdi va sanskrit tilidan arabchaga, arab tilidan sanskrit tiliga tarjimlar qildi, badiiy ijod bilan ham shug&#8217;ullanib she\u2019rlar yozdi. \u201cAstrologiyaga kirish\u201d, \u201cAstronomiya kaliti\u201d, \u201cJonni davolovchi quyosh kitobi\u201d, \u201cIkki xil harakatning zarurligi haqida\u201d, \u201cKo&#8217;paytirish asoslari\u201d, \u201cPtolemey \u201cAlmagest\u201dning sanskritchaga tarjimasi\u201d, \u201cFoydali savollar va to&#8217;g&#8217;ri javoblar\u201d, \u201cFarg&#8217;oniy \u201cElementlar\u201d iga tuzatishlar\u201d, \u201cTurklar tomonidan ehtiyotkorlik\u201d, \u201cOq kiyimlilar va karmatlar haqida ma&#8217;lumotlar\u201d, \u201cShe\u2019rlar to&#8217;plami\u201d, \u201cAl-Muqanna haqidagi ma&#8217;lumotlar tarjimasi\u201d, \u201cIbn Sino bilan yozishmalar\u201d shular jumlasidandir.Beruniyning asarlari musulmon Sharq madaniyatining so&#8217;nggi rivojlanishiga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. So&#8217;nggi asarlarda arab va fors tillarida yozilgan Bayhaqiy, Shaxrizo&#8217;riy, Qiftiy, Yoqut Hamaviy asarlarida Beruniy haqida muhim ma&#8217;lumotlar keltiriladi. XIII asrda yashagan suriyalik tarixchi va tabib Xristian Ioann Bar Ebrey (1226-1286) Beruniyga shunday baho beradi: \u201cO&#8217;sha o&#8217;tgan yillarda yunon va hind falsafasi dengizini kechib o&#8217;tgan Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o&#8217;tmish ilmlarda shuhrat qozondi. U matematika ilmlarida mutaxassis bo&#8217;lib, bu sohada qator muhim kitoblar yaratdi. Hindistonga borib, u erda bir necha yil yashadi, hind faylasuflaridan ularning san\u2019atini o&#8217;rgandi va ularga yunon falsafasini o&#8217;rgatdi. Uning asarlari nihoyatda ko&#8217;p, etuk va nihoyatda ishonchlidir. Bir so&#8217;z bilan aytganda, u o&#8217;z davrida, undan so&#8217;ng va hozirga qadar hamkasblari orasida astronomiya ilmida bunday bilimdon va bu ilmning asosini hamda nozik tomonlarini chuqur biladigan olim bo&#8217;lmagan\u201d.XIX asrdan boshlab Evropa va Osiyo mamlakatlarida Beruniy merosi bilan qiziqish yanada keng tus oldi. Uning asarlari lotin, frantsuz, italyan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima etila boshlandi. Beruniy asarlariga bag&#8217;ishlangan evropalik olimlarning kitoblari, tarjimalari nashr etildi. Bu tadqiqotchilar Beruniy ijodiga juda yuqori baho berdilar. Amerikalik tarixchi olim J. Sarton Beruniyning merosiga eng oliy baho berish bilan birga, uning o&#8217;z davrining jahondagi birinchi donishmandi deb baholaydi. Atoqli sharqshunos V. R. Rozen esa, unga ilmiy qarashlari taajjub qolarli darajada kengligi, uning hozirgi ma&#8217;nodagi haqiqiy fanning ruhiga xos ekanligini qayd etadi.Beruniyning o&#8217;z vatani O&#8217;zbekistonda ham uning ijodiga katta e\u2019tibor berib kelinmoqda. H.M. Abdullaev, I. M. Mo&#8217;minov, V. Yu. Zohidov, Ya. G&#8217;. G&#8217;ulomov, U. Karimov, S. A. Bulgakov kabi atoqli olimlarimiz Beruniy faoliyati haqida qator risola, asarlar yaratdilar. Toshkentda unga bag&#8217;ishlangan qator Xalqaro ilmiy konferentsiyalar o&#8217;tkazildi. Birinchi bor Beruniyning \u201cQadimgi yodgorliklar\u201d, \u201cHindiston\u201d, \u201cMas\u2019ud qonuni\u201d, \u201cGeodeziya\u201d, \u201cSaydona\u201d kabi asosiy asarlarini o&#8217;z ichiga oluvchi ko&#8217;p tomli saylanma asarlari o&#8217;zbek va rus tillarida O&#8217;zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan nashr etildi. Fan sohasida Beruniy nomidagi Davlat mukofoti ta&#8217;sis etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 <\/strong><strong>Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (973-1048)<\/strong><strong>\u00a0 \u00a0 \u00a0<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">Ibn Sino va Al-Xorazmiy bilan bir qatorda turuvchi musulmon Sharqi \u201cUyg&#8217;onish davri\u201dning eng mashhur namoyandasi. U geografiya, matematika, astronomiya, mineralogiya, geodeziya, falsafa kabi bir qator fanlarga oid ko&#8217;plab fundamental asar, traktat va qo&#8217;llanmalar yaratgan.O&#8217;z davrida birinchi bo&#8217;lib Erning shar shaklidaligini va u quyosh atrofida aylanishi g&#8217;oyasini ilgari surgan, keyinroq Er radiusini (taxminan 6000 km) o&#8217;lchagan. Dunyoga mashhur Markaziy Osiyolik to&#8217;rt qomusiy olimdan biri \u2013 Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 973 yil Kat shahrida (Xorazmning o&#8217;sha davrdagi poytaxti, hozirgi O&#8217;zbekistondagi Xivaga yaqin erda joylashgan) dunyoga keldi. Uning hammaga ma&#8217;lum \u201cAl-Beruniy\u201d (arabchada mazkur so&#8217;z \u201ctashqari\u201d, \u201cboshqa tomon\u201d kabi ma&#8217;nolarni anglatadi) taxallusi uning shahar tashqarisida tug&#8217;ilgani bilan bog&#8217;liq.<br \/>\n<strong>Beruniy asarlari<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">Abu Rayhon Beruniy shubhasiz dunyo fani tarixida yorqin iz qoldirgan ulug&#8217; mutafakkir va qomusiy olimdir. Manbalarda ta&#8217;kidlanishicha, Beruniy 1035-1036-yillari o&#8217;sha vaqtga qadar yozgan asarlari ro&#8217;yxatini tuzib, unda 113tasining nomini keltirgan. Umuman, alloma hayoti davomida turli fan sohalariga oid 150dan ortiq asar yozgan. Biroq bizga qadar uning qo&#8217;lyozma ko&#8217;rinishidagi qirqqa yaqin kitobi etib kelgan, xolos. Mavjud asarlarining ko&#8217;pchiligi o&#8217;zbek, rus, fors, nemis, ingliz va qator boshqa tillarga tarjima qilingan. Olimlarning eng so&#8217;ngi hisobiga ko&#8217;ra, Beruniy asarlaridan 70tasi astronomiyaga, 20tasi matematikaga, 12tasi geografiyaga va geodeziyaga, 4tasi kartografiyaga, 3tasi iqlimga, 3tasi mineralogiyaga, 4tasi falsafaga, 1tasi fizikaga, 2tasi dorishunoslikka, 15tasi tarix va etnografiyaga, 28tasi adabiyotga oiddir. Beruniy yozgan har bir asar o&#8217;ziga xos entsiklopediyadir.Al-Beruniy Buxoroda yashagan Ibn Sino (G&#8217;arbda \u201cAvitsenna\u201d)ning zamondoshi hisoblanadi va u bilan doimo fikrlar almashib turgan. Al-Beruniyning o&#8217;ziga xos jihati shundan iboratki, u islom olamining universal xarakterdagi olimi hisoblangan, barcha tadqiqotlarini shunchaki qog&#8217;ozga tushiribgina qolmay, bu tadqiqodlarning amalga oshirish bosqichlari va tarixini ham yoritib o&#8217;tgan. Uning bu sohada olib borgan ishlari juda muvofaqqiyatli bo&#8217;lgan.<br \/>\n<strong>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Al-Beruniy astronom va geograf sifatida<\/strong><\/p>\n<p>Al-Beruniy 995 yildayoq, ya\u2019ni 22 yoshga to&#8217;lganda, birinchilardan bo&#8217;lib globusni yaratdi va erning sharsimonlignini isbotlab, erning aylanishini ko&#8217;rsatib bergan. Beruniy er sharining radiusini aniqlashning 1023 xil yo&#8217;lini kashf qildi. Uning hisob-kitoblari Hind okeanining qirg&#8217;oqlari 6339.6 km.ligini ko&#8217;rsatgan edi bu esa haqiqiy ekvatordagi 6378.1 km.lik masofadan ozgina farq qilgan. XVI asrga qadar Evropada bu kabi aniqlikdagi o&#8217;lchov xali amalga oshirilmagan edi. U 600 dan ortiq joylarning geografik koordinatalarini o&#8217;zining kuzatishlaridan kelib chiqib aniqlab bergan. Keyinchalik Beruniy suyuqlik zichligini aniqlovchi piknometr ixtirochisi sifatida mashhur bo&#8217;lgan. Uning yordamida Beruniy 18 element va substantsiyalarning zichligini aniqlagan. Uning qo&#8217;lyozmalarida ovoz va yorug&#8217;lik tezligi o&#8217;rtasidagi farq haqidagi mulohazalari keltirilgan.<\/p>\n<p><strong>Abu Rayhon Beruniy hikmatlaridan<\/strong><\/p>\n<ol>\n<li>Odamlar o&#8217;rgangan, odatlangan va ko&#8217;pchilikka ma&#8217;qul bo&#8217;lgan narsaga (bilib-bilmay) qarshilik ko&#8217;rsatma!<\/li>\n<li>Tenglik hukm surgan joyda sotqinlik, aldamchilik, ehtiroz va gam-g&#8217;ussa bo&#8217;lmaydi!<\/li>\n<li>Ehson qilgan kishining minnati ehsonini yo&#8217;qqa chiqaradi!<\/li>\n<li>Insonning qadr-qimmati o&#8217;z vazifasini a&#8217;lo darajada bajarishiga bog&#8217;liq. Shuning uchun insonning jamiyatdagi o&#8217;rni mehnat bilan belgilanadi, inson o&#8217;z xohlaganiga mehnat tufayli erishadi!<\/li>\n<li>Odil hokimning asosiy vazifasi oliy va quyi tabaqalar, kuchlilar va kuchsizlar o&#8217;rtasida tenglik, adolat o&#8217;rnatishdan iboratdir!<\/li>\n<li>Biror narsaning foydali ekani faqat uni yo&#8217;qotgandan keyingina to&#8217;laligicha bilinadi!<\/li>\n<li>Qadimgi tarixlarning eng qadimgisi va eng mashhuri bashariyatning boshlanishidir!<\/li>\n<\/ol>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/p>\n<ol>\n<li>Turaev B. Abu Rayxon Beruniy. Tahrir hay\u2019ati: U.Alimov va boshq. \u2013Toshkent.: \u00abTafakkur\u00bb, &#8211; 2010. -93b (Mutafakkirlar ilmiy-ommabop risolalar turkumi)<\/li>\n<li>http:\/\/ferlibrary.uz\/abu-rayon-beruniy-muammad&#8230; saytidan foydalanildi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Tayyorlagan ABX rahbari:\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0J.Kadirbaeva<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u00abBuyuk alloma va adiblarimiz, aziz-\u00a0 avliyolarimizning bebaho merosi,engilmas sarkarda va [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1724,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-1723","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bibliographic-reference"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1723","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1723"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1723\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1725,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1723\/revisions\/1725"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1724"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1723"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1723"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1723"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}