{"id":1732,"date":"2023-09-04T09:04:24","date_gmt":"2023-09-04T06:04:24","guid":{"rendered":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/?p=1732"},"modified":"2023-09-04T09:18:37","modified_gmt":"2023-09-04T06:18:37","slug":"%d1%9ezbekcha-ozbek-halqining-ardoqli-farzandi-dilbar-shoir-talantli-dramaturg-yirik-olim-va-tanqidchi-hamid-olimjon-tavalludining-114-yilligiga-bibliografik-sharh","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/archives\/1732.html","title":{"rendered":"O&#8217;zbek  halqining  ardoqli farzandi \u2013 dilbar shoir, talantli dramaturg, yirik olim va tanqidchi Hamid Olimjon tavalludining  114 yilligiga bibliografik sharh"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Hamid\u00a0 Olimjon<br \/>\n<\/strong><em>(1909-1944)<\/em><\/p>\n<p><em>\u00a0<\/em>\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 O&#8217;zbek\u00a0 halqining\u00a0 ardoqli farzandi \u2013 dilbar shoir, talantli dramaturg, yirik olim va tanqidchi\u00a0 Hamid Olimjon o&#8217;zidan o&#8217;lmas\u00a0 meros qoldirgan.\u00a0 U o&#8217;zbek\u00a0 she\u2019riyatida\u00a0 jo&#8217;shqin lirizimga asoslangan she\u2019riyat maktabi\u00a0 yaratgan\u00a0 shoir.\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Iste\u2019dodli shoyir,\u00a0 dramaturg, tarjimon\u00a0 adabiyotshunos va\u00a0 folklorshunos olim, davlat va\u00a0 jamoat\u00a0 arbobi\u00a0 Hamid Olimjon\u00a0 1909 yil 12 dekabrda Jizzax\u00a0 shahrida\u00a0 dunyoga\u00a0 keldi.\u00a0 Narimonov nomidagi\u00a0 boshlang&#8217;ich maktabni tugatgach, Samarqand pedagogika bilim yurtida\u00a0 (1923-1926) O&#8217;zbek\u00a0 Pedakademiyasida\u00a0 (1926-1931) o&#8217;qidi.\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Hamid Olimjon\u00a0 talabalik\u00a0 yillardayok\u00a0 she\u2019r yozdi. Uning asarlari\u00a0 1926 yildan\u00a0 \u00abZarafshon\u00bb\u00a0 gazetasida chiqa boshladi. 1927 yilda shoir mazkur ro&#8217;znoma muharririyatiga ishga o&#8217;tdi.\u00a0 Hamid Olimjonning\u00a0 \u00abKo&#8217;klam\u00bb nomli ilk she\u2019riy\u00a0 to&#8217;plami\u00a0 1929 yilda bosilib chiqti.\u00a0 Shundan so&#8217;ng \u00abOlov sochlar\u00bb (1931), \u00abO&#8217;lim yovga\u00bb (1932), \u00abPoyga\u00bb (1932) kabi she\u2019riy to&#8217;plamlari nashr etildi.\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 O&#8217;zbekiston Fanlar akademiyasining muhbir a&#8217;zosi\u00a0 (1943) Hamid Olimjon o&#8217;zbek adabiyotining dolzarb masalalari bo&#8217;yicha qator ilmiy \u2013 tanqidiy\u00a0 asarlar yaratdi. U A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, M.Gorkiy, V.Mayakovskiy, A.Serafimovich,\u00a0 T.Shevchenko, M.Lermontov, N.Ostrovskiy, A.Korneychuk asarlarga tarjima qildi va ular haqida maqolalar yozdi.\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 \u00a0O&#8217;zbek halq og&#8217;izaki ijodining ajoyib durdona asari \u00abAlpomish\u00bb dostoni birinchi marta Hamid Olimjon\u00a0 tomonidan nashrga tayyorlanib, so&#8217;z boshi bilan\u00a0 (1938) chop etildi. U Alisher Navoyining 500 yilligini\u00a0 o&#8217;tkazish yubeleyi komitetining a&#8217;zosi\u00a0 sifatida ulug&#8217; shoir\u00a0 hayoti va ijodi\u00a0 yuzasidan\u00a0 ilmiy \u2013 tadqiqot ishlarini olib bordi. Hamid Olimjon 1939 yildan to 1944 yilda\u00a0 avtomabil halokatiga uchrab\u00a0 dunyodan ko&#8217;z yumganiga qadar O&#8217;zbekiston Yozuvchilari\u00a0 uyushmasiga rahbarlik qildi.\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Hamid Olimjon o&#8217;zining \u00abDaryo kechasi\u00bb\u00a0 (1936), \u00abChirchiq sohillarida\u00bb (1937), \u00abO&#8217;lka\u00bb (1939), \u00abBaxt \u00bb (1940) to&#8217;plamlari ,\u00a0 \u00abIkki qizning hikoyasi \u00bb (1935-1937), \u00abOygul bilan Baxtiyor\u00bb(1937), \u00abZaynab va Omon\u00bb (1938), \u00abSemurg&#8217;\u00bb (1939) dostonlari bilan novator shoir sifatida davrining ilg&#8217;or g&#8217;oyalarini tarannum etdi.\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Ikkinchi jahon urishining olovli yillarida uning\u00a0 \u00abMuqanna\u00bb nomli sheriy\u00a0 dramasi\u00a0 yaratildiki, u hanuzgacha dramaturgiyamizning gultoji bo&#8217;lib kelayotir.\u00a0 Iste\u2019dodli shoir Hamid Olimjonning ko&#8217;pchilik asarlari qardosh halqlar va xorijiy halqlar\u00a0 tillariga tarjima qilingan.<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><strong>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 S<\/strong><strong>\u041d<\/strong><strong>ODLIK\u00a0 VA\u00a0 MUHABBAT\u00a0 KUYC<\/strong><strong>\u041d<\/strong><strong>ISI<br \/>\n<\/strong><strong>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 <em>(Hamid Olimjon hayoti va ijodi haqida ma&#8217;lumot. )<\/em><\/strong><\/p>\n<p>O&#8217;zbek lirikasi taraqqiyotiga ulkan xissa qo&#8217;shgan shoirlar orasida Hamid Olimjon\u00a0 ijodi alohida ajralib turadi.\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Hamid Olimjon faqat lirik\u00a0 shoirgina\u00a0 bo&#8217;libgina qolmay , \u00abOygul va Baxtiyor\u00bb,\u00a0 \u00abSemurg&#8217;\u00bb, \u00abZaynab va Omon\u00bb, \u00abRoksananing ko&#8217;z yoshlari\u00bb singari dostonlari , \u00abMuqanna\u00bb sheriy tragediyasi bilan ham mashhur. U ayni paytda tarjimon va adabiyotshunos olim ham\u00a0 bo&#8217;lgan.\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 \u00a0Hamid Olimjon\u00a0 1909- yil 12-dekabrda Jizzax\u00a0 shahrida tug&#8217;ildi.To&#8217;rt yoshida otasi\u00a0 vafot\u00a0 etgach,\u00a0 bobosi qo&#8217;lida tarbiyalandi.\u00a0 Azim bobo xatli-savodli kishilardan bo&#8217;lib, mashhur bahshi Fozil Yo&#8217;ldosh o&#8217;g&#8217;li Jizzaxlik do&#8217;st \u2013yorlari huzuriga mehmon bo&#8217;lib kelganida uning uyiga ham tushar va shunday kunlarda Abdulhamid\u00a0 bobosi pinjida o&#8217;tirib,\u00a0 baxshining do&#8217;mbira jo&#8217;rligida aytgan doston va termalarini butun vujudi quloq bo&#8217;lib tinglar edi. Bo&#8217;lajak shoirning onasi Kamila aya esa xalq ertaklarining \u00abkoni\u00bb bo&#8217;lib,\u00a0 Abdulhamid adabiyotga bo&#8217;lgan havasi shu ikki manbaning ta&#8217;sirida oshgan.\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Bo&#8217;lajak shoirning shakllanishida yana bir muhim omil bor. Bu 1916-yil Jizzax qo&#8217;zg&#8217;alonidir. Jizzax shahrining to&#8217;pga tutilishi Abduhamid yashagan qo&#8217;zg&#8217;alonning er bilan yakson etilishi, boshqa Jizzaxliklar qatori , ular oilasining ham\u00a0 chol-u biyobonga haydalishi uning murg&#8217;ak ongida iz qoldirmay qo&#8217;ymadi. U bolalik kezlaridayoq dunyoda sharqirab oqqon soy-u beg&#8217;ubor osmondan boshqa zulm va zo&#8217;ravonlik ham borligini ko&#8217;rib, sezib o&#8217;sdi.\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Abdulhamid 1918-1923-yillarda Jizzaxda\u00a0 ochilgan to&#8217;liqsiz o&#8217;rta maktabda, 1923-1928- yillarda Samarqanddagi o&#8217;zbek bilim yurtida, 1931 yillarda O&#8217;zbekiston pedagogika akademiyasida o&#8217;qib, oliy ma&#8217;lumotli bo&#8217;ldi. U dastlabki mashq she\u2019rlarini 1925 yilda,\u00a0 bilim yurtida o&#8217;qib yurgan kezlarida yoza boshladi. \u00abKimdir\u00bb deb nomlangan ilk she\u2019ri esa 1926 yili \u00abZarafshon\u00bb gazetasida bosildi. Ko&#8217;p o&#8217;tmay u Hamid Olimjon imzosi bilan kattagina \u00abKo&#8217;klam\u00bb she\u2019riy to&#8217;plamini e\u2019lon qildi (1929).\u00a0 Shundan keyin uning \u00abTong shabadasi\u00bb hikoyalari to&#8217;plami (1930),\u00a0 \u00abOlov sochlar\u00bb, (1931), \u00abPoyga\u00bb, (1932), \u00abShe\u2019rlar\u00bb, \u00abDaryo kechasi\u00bb (1936), \u00abBaxt\u00bb (1940)kabi she\u2019riy kitoblari e\u2019lon qilindi. Hamid Olimjon urushgacha bo&#8217;lgan davrda iste\u2019dodli shoir sifatida shuhrat qozondi.\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 1931-yili Hamid Olimjon pedakademiyani tugatib, Toshkentga ko&#8217;chib keldi. \u00abYosh leninchi\u00bb gazetasida, \u00abQurilish\u00bb va \u00abO&#8217;zbekiston sho&#8217;ro adabiyoti\u00bb jurnallarida mas\u2019ul kotib lavozimida xizmat qildi. 1932-1937-yillarda, \u00abmillatchi\u00bb sifatida ishdan haydalguniga qadar Madaniy qurilish ilmiy-texnik tekshirish institutida ishladi. Qatag&#8217;on to&#8217;lqinlari biroz susaygach, 1938 yilning boshlarida Hamid Olimjon O&#8217;quv-pedagogika nashiryotiga\u00a0 ishga olindi. O&#8217;sha yilning noyabrida yangi tashkil etilgan Navoyi\u00a0 komitetiga mas\u2019ul kotib bo&#8217;lib ishga kirdi. 1937 yil aprelida esa O&#8217;zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining kotibi etib tayinlandi.\u00a0 \u00a0 \u00a0 Ikkinchi jahon urishining boshlanishi bilan Rossiya, Ukraina va Belarusiya kabi dushman bosib olgan yoki bosib olish mumkin bo&#8217;lgan respublikalardan ko&#8217;plab yozuvchi, adabiyotshunos va tarixchi olimlar insituti\u00a0 va nashryotlar\u00a0 O&#8217;zbekistonga ko&#8217;chirib\u00a0 keltirildi. Hamid Olimjon shu yillarda o&#8217;zining katta tashkilotchilik iste\u2019dodini namoyish etib,\u00a0 bu ijodiy kuchlardan o&#8217;zbek adabiyotining rivojlanishi yo&#8217;lida, mumtoz va zamonaviy o&#8217;zbek yozuvchilari asarlarning rus tiliga tarjima va nashr etilishida\u00a0 samarali foydalandi.\u00a0 Hamid Olimjon ijodi ayni gullab-yashagan bir davda, 1944 yil 3-iyulda avtomabil halokati natijasida vafot etdi.\u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 Hamid Olimjonning adabiy merosi,she\u2019riyatdan tashqari,\u00a0 hikoya va ocherklar , \u00abMuqanna\u00bb va\u00a0 \u00abJinoyat\u00bb pesalari, adabiy-tanqidiy maqolalar va tarjimalardan\u00a0 iborat bo&#8217;lib, ular shoirning 10 jildlik\u00a0 \u00abMukammal asarlar to&#8217;plami\u00bb da e\u2019lon qilingan.\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Hamid Olimjon she\u2019riy ijodi 30-yillarning boshlarida shakllanib, shu davr ruhini o&#8217;ziga singdirgan. Uning \u00abTemur qonun\u00bb, \u00abNima bizga Amerika?\u00bb,\u00a0 \u00abBaxtlar vodiysi\u00bb singari she\u2019rlari\u00a0 va \u00abOlim yovga\u00bb dostonida sinfiy kurash sotsialistik qurilish ishlari\u00a0 avj\u00a0 olgan\u00a0 davr\u00a0 o&#8217;z aksini topgan.\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Lekin 30-yillarning o&#8217;rtalariga kelib,\u00a0 Hamid Olimjon ijodida \u00abko&#8217;ngil lirikasi\u00bb namunalarining paydo bo&#8217;lishi bilan,\u00a0 uning lirik iste\u2019dodi\u00a0\u00a0 chaman\u00a0 gullari\u00a0 bilan\u00a0 ochila\u00a0 boshladi. Hamid Olimjon shu davrda yaratilgan eng yaxshi she\u2019rlari bilan o&#8217;zbek lirikasiga\u00a0 go&#8217;zal\u00a0 insoniy tuyg&#8217;u kechinmalar, tabiat manzaralari tasvirini olib kirdi,\u00a0 o&#8217;zbek she\u2019riyatining badiy imkoniyatlarini boyitib,\u00a0 unga xamidona musiqiy latofat va joziba bag&#8217;ishladi.\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 \u00a0Hamid Olimjon lirikasi o&#8217;zbek shoirlarining keyingi avlodlari uchun badiy mahorat maktabi bo&#8217;lib hizmat qildi.\u00a0Hamid Olimjon\u00a0 lirikasining eng mashxur na&#8217;munalaridan biri \u00abO&#8217;rik gullaganda\u00bb she\u2019ridir. Bu she\u2019rning badiy tomonlarini yoritishdan avval uning yaratilish tarixi to&#8217;g&#8217;risida bir og&#8217;iz so&#8217;z aytish joyiz, deb oylaymiz.\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 1937-yilning mart oyida Hamid Olimjon O&#8217;zbekiston hukumat delegattsiyasi tarkibida Qozog&#8217;istonga borgan. Qardosh Respublikaning o&#8217;sha kezlarda bo&#8217;lib o&#8217;tgan tantanalarida ishtirok etib, o&#8217;sha erda \u00abQozog&#8217;iston\u00bb degan mashhur she\u2019rini\u00a0 yozgan va o&#8217;qib bergan. Keksa qozoq\u00a0 oqini bilan uchrashib, uning\u00a0 baxt\u00a0 va\u00a0 saodat sohilidan chetda kechgan hayoti bilan tanishgan.\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Hamid Olimjon qardosh do&#8217;stlar diyorida bo&#8217;lgan kunlarda Olma-ota\u00a0 qalin qor gilami ostida, chirsillama qish havosi bilan nafas olayotgan edi. Shuning uchun ham\u00a0 mart oyining so&#8217;ngi kunlarida Toshkentga kaytgan shoir o&#8217;z hovlisidagi bir tup o&#8217;rikning chaman bo&#8217;lib ochilib turganini ko&#8217;rib, ilhom og&#8217;ushiga\u00a0 g&#8217;arq bo&#8217;ladi:<\/p>\n<p>Derazamning oldida bir tup<br \/>\nO&#8217;rik oppoq bo&#8217;lib gulladi.<\/p>\n<p>She\u2019rning bu dastlabki satrlarida shoir o&#8217;ziga qattiq hayajon bag&#8217;ishlagan, hatto eng mashhur she\u2019rining maydonga kelishiga sababchi bo&#8217;lgan voqeani shunday tasvirlaydi. Bu tasvirda shoirni qurshagan his-hayajondan bironta belgi ham yo&#8217;q. Bayt, huddi gazeta xabaridek, quruq faktning qaydidan iborat. Lekin Hamid Olimjon she\u2019rning keyingi bandlarida o&#8217;rikning gullab turgan\u00a0 manzarasini chizar ekan,\u00a0 shoiraona latif obrazlar va ifodalardan foydalanadi. Natiyjada she\u2019rga sekin-asta bahor nafasi kirib kela boshlaydi.<\/p>\n<p>Navdolarni bezab g&#8217;unchalar<\/p>\n<p>Tongda aytdi hayot otini<\/p>\n<p>Va shabboda qurg&#8217;ur ilk sahar<\/p>\n<p>Olib ketdi gulning totini\u2026.<\/p>\n<p>Hamid Olimjon lirikasining durdonalaridan\u00a0 yana biri \u00abOfeliyaning o&#8217;limi\u00bbdir. She\u2019r hozirgi O&#8217;zbek Milliy teatri sahnasida \u00abHamlet\u00bb spektaklining qo&#8217;yilishi munosabati bilan 1936-yilda yozilgan. O&#8217;zbek sahnasining go&#8217;zal yulduzlaridan biri Shohida Maxzumova\u00a0 mazkur spektaklda Ofeliya obrazini shunday qoyilmaqom qilib yaratgan ediki, Hamid Olimjon, shoira Zulfiyaning aytishicha,\u00a0 uning ijrosidan uzoq vaqtgacha qattiq hayajonda yurgan. Ammo she\u2019rni o&#8217;qir ekanmiz, unda ijrochini emas,\u00a0 Ofeliyaning o&#8217;zini butun go&#8217;zalligi, dartlari, armonlari va fojiasi bilan ko&#8217;rgandek bo&#8217;lamiz.\u00a0She\u2019r\u00a0 tort qisimdan iborat. Birinchi qismda shoyir es-xushidan ayrilib, bir dasta oppoq gulni quchib yurgan\u00a0 Ofeliyaga qarab: \u00abOrzuing bor kuylashga ,lekin qalbingdan Tarqalar bir mayus va g&#8217;amgin sazo \u2026\u00bb, degan so&#8217;zlar bilan murojaat etadi. Bor yo&#8217;g&#8217;i to&#8217;rt satrdan iborat bu birinchi qismdan keyin shoir\u00a0 Ofeliyaning baxtsiz kismatiga sherik bo&#8217;lgan, uning g&#8217;am va alamdan bichilgan libosiga kirib olgan kishidek falakdan zorlanadi, unga hush va chiroy berish bilan birga hayotini azob va uqibat bilan zaharlagan zamondan shikoyat qiladi, shu zamonga, tabiatga g&#8217;azab o&#8217;tlarini sochadi:<\/p>\n<p>Javob berib\u00a0 qo&#8217;rchi, nomard tabiat,<\/p>\n<p>Bunchalik go&#8217;zalni nechun yaratding?!<\/p>\n<p>O&#8217;zing gunohkorsan, osisan behad,<\/p>\n<p>Nechun yaratding-u o&#8217;tlarga otding?<\/p>\n<p>Hali sevishmoqda shumidir ma&#8217;no?<\/p>\n<p>Faqat azob bordir qismatda, nahot?<\/p>\n<p>Naxotki, sevgiga shudir tamanno?<\/p>\n<p>Nahot go&#8217;zal uchun faqat, faqat dod!&#8230;<\/p>\n<p>Odatda \u00abMuqanna\u00bb, \u00abJololiddin Manguberdi\u00bb singari tragediyalarning ijodiy tarixi\u00a0 to&#8217;g&#8217;risida so&#8217;z borganda, ularning ikkinchi jahon urishi yillarida jang maydonlarida kurashayotgan va mehnat jabxalarida faoliyat olib borayotgan halqni jasorat va qahramonlikka chorlash maqsadida, davrning ijtimoyi buyurtmasi sifatida yozilgani aytiladi. Ammo Hamid Olimjon ijodining tadqiqotchilari bergan ma&#8217;lumotga ko&#8217;ra, shoir\u00a0 Muqanna qo&#8217;zg&#8217;aloniga\u00a0 bag&#8217;ishlangan sahna asarini yozishga 1937-yildayoq kirishgan\u00a0 va hatto o&#8217;sha yili asarning birinchi pardasini yozib tugatgan. To&#8217;g&#8217;ri, 1937-yilda shoir ustida ham qatag&#8217;on bulutlarining\u00a0 to&#8217;planishi bilan u asar ustidagi ishni to&#8217;xtatib qo&#8217;ygan va 1942-yilning boshlarida asarga qayta kirishib, o&#8217;sha yilning 12- fevralida birinchi pardaning\u00a0 yangi\u00a0 nushasini yozib tugatgan. 1942-yil 31-mayda esa asar ustidagi ish uzil-kesil yakunlangan.<\/p>\n<p>Tayyorlagan ABX mutaxassisi:\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 D.Utemuratova<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hamid\u00a0 Olimjon (1909-1944) \u00a0\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 O&#8217;zbek\u00a0 halqining\u00a0 ardoqli farzandi \u2013 [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1733,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-1732","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bibliographic-reference"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1732","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1732"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1732\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1737,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1732\/revisions\/1737"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1733"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1732"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1732"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1732"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}