{"id":1750,"date":"2023-09-07T07:57:00","date_gmt":"2023-09-07T04:57:00","guid":{"rendered":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/?p=1750"},"modified":"2023-09-07T07:57:00","modified_gmt":"2023-09-07T04:57:00","slug":"%d1%9ezbekcha-yozuvchi-tarjimon-publitsist-adabiyotshunos-olim-ozbek-nasrining-yirik-namoyondalaridan-biri-pirimqul-qodirov-tavalludining-95-yilliga-1928-2010-bibliografik-sharh","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/archives\/1750.html","title":{"rendered":"Yozuvchi, tarjimon, publitsist, adabiyotshunos olim, o&#8217;zbek  nasrining yirik namoyondalaridan biri  Pirimqul Qodirov tavalludining 95 yilliga (1928-2010) bibliografik sharh"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">Pirimqul Qodirov<br \/>\n(1928-2010)<\/p>\n<p>Yozuvchi, tarjimon, publitsist, adabiyotshunos olim, o\u02bbzbek nasrining yirik namoyandalaridan biri, betakror asarlari bilan millionlab kitobxonlar qalbidan mangu joy olgan atoqli adib, O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov Turkiston tizma tog\u02bbining etaklaridagi Kengko\u02bbl qishlog&#8217;ida 1928-yil 25- oktyabrda tavallud topgan. U asli o\u02bbzbekning barlos qavmidan; urushdan keyingi yillarda jamoa xo\u02bbjaligida, yo\u02bbl qurilishi, so\u02bbng Bekobod metallurgiya zavodida ishlagan.<br \/>\n1951 yilda O\u02bbrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug&#8217;bek nomidagi O&#8217;zbekiston Milliy universiteti) ni tamomlab, Moskvadagi M.Gorkiy nomidagi Adabiyot institute aspiranturasiga o\u02bbqishga kirgan. \u201cAbdulla Qahhorning urushdan keyingi ijodi\u201d mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1954\u20131963 yillarda u sobiq ittifoq Yozuvchilar uyushmasi qoshida o\u02bbzbek adabiyoti bo\u02bbyicha maslahatchi, O&#8217;zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institute katta ilmiy xodimi 1989-1994 yillarda O\u02bbzbekiston Respublikasi Adabiyot, san\u02bcat va me\u02bcmorchilik sohasidagi Davlat mukofotlari qo\u02bbmitasi raisi lavozimlarida ishlagan. 1990-2000-yillarda O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati bo&#8217;lib, parlamentning Fan, madaniyat va ta&#8217;lim qo&#8217;mitasida faoliyat ko&#8217;rsatgan.<br \/>\nAdib ijodining debochasi \u2012 \u201cStudentlar\u201d (1951) hikoyasi talabalik yillarida e\u02bclon qilinib, tolibi ilmlar hayotini, ularning ichki olamini yoritadi. Shundan keyin \u201cJon shirin\u201d, \u201cKayf\u201d, \u201cOlov\u201d hikoyalari, \u201cQadrim\u201d (1961), \u201cErk\u201d (1968), \u201cMeros\u201d (1974) qissalari, \u201cNajot\u201d, \u201cBaxillar va botirlar\u201d afsona qissalari (1980), \u201cAkramning sarguzashtlari\u201d (1974), \u201cYayra institutga kirmoqchi\u201d (1970) nomli qissa va hikoyalar to\u02bbplamlari birin-ketin chop qilindi.<br \/>\nP.Qodirov roman janrida qalam tebratib, \u201cUch ildiz\u201d (1958), \u201cOlmos kamar\u201d (1976) romanlarini yaratdi. Adib avval \u201cYulduzli tunlar\u201d (1979), keyin \u201cAvlodlar dovoni\u201d (1989) romanlari bilan o\u02bbzbek tarixiy romanchiligi rivojiga katta hissa qo\u02bbshdi. G\u02bbafur G\u02bbulom nomidagi Adabiyot va san\u02bcat nashriyotida adibning uch jildlik tanlangan asarlari (1977\u20131978) nashr qilingan.<br \/>\nPirimqul Qodirov adabiyotshunos olim sifatida \u201cTil va el\u201d (1972), \u201cXalq tili va realistik proza\u201d (1973), \u201cTil va dil\u201d (2005) risolalarini yaratdi. Ikki jildli \u201cAdabiyot nazariyasi\u201d kitobining \u201cAdabiy asarning tili\u201d, \u201cAdabiy jarayon\u201d boblarini yozgan. Adib va adabiyotshunos olimning \u00abTil va el\u00bb (2005) ilmiy badiasi mumtoz ona tilimizga, \u00abAmir Temur siymosi\u00bb (2007) ilmiy badiasi Sohibqiron Amir Temurning hayoti va faoliyatiga bag&#8217;ishlangan.<br \/>\nZangori olov zahmatkashlari haqidagi \u201cQadrim\u201d qissasi asosida \u201cSening izlaring\u201d badiiy filmi (rejissyor R. Botirov), \u201cYulduzli tunlar\u201d romani, \u201cJon shirin\u201d hikoyasi asosida ko\u02bbp seriyali videofilmlar suratga olingan. \u201cBobur\u201d pyesasi (rejissyor B. Yo\u02bbldoshev) uzoq yillar mobaynida hozirgi O\u02bbzbek milliy akademik drama teatrida, \u201cInsof\u201d pyesasi esa viloyatlar drama teatrlari sahnalarida qo\u02bbyilgan.<br \/>\nAdib kitobxonlarga \u201cOna lochin nidosi\u201d degan tarixiy romanini (1997) taqdim etdi. 2001 yilda esa uning \u201cQalb ko\u02bbzlari\u201d nomli (badealar, o\u02bbylar, esdaliklar) kitobi chop etildi. \u201cAmir Temur siymosi\u201d (2007) tadqiqoti tariximizni xolis o\u02bbrganish borasida muhim o\u02bbrin egalladi. Yozuvchi tug\u02bbilgan tog\u02bbli qishloq hayoti \u00abQora ko\u02bbzlar\u00bb (1966) romanida aks ettirilgan. Pirimqul Qodirov \u00abQadrim\u00bb (1963), \u00abErk\u00bb (1969), \u00abMeros\u00bb (1975) qissalari, \u00abOlmos kamar\u00bb (1977) romani muallifi. P.Qodirov tarjimon sifatida L.Tolstoyning \u201cKazaklar\u201d, K.Fedinning \u201cDastlabki quvonchlar\u201d, P.Tolisning \u201cIz\u201d, X.Deryaevning \u201cQismat\u201d qissasi va romanlarini ona tilimizga o\u02bbgirgan. Uning asarlari rus, ukrain, hind, urdu, turk, uyg\u02bbur, qozoq, qirg\u02bbiz, turkman tillarida nashr etilgan.<br \/>\n\u201cYulduzli tunlar\u201d romani uchun Pirimqul Qodirov 1981 yili Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo\u02bblgan. O&#8217;zbek adabiyotining 60-80 yillaridagi taraqqiyot bosqichida Pirimqul Qodirovning munosib urni bor. Pirimqul Qodirov mohir prozaik, adabiyotshunos olim, tarjimon, davlat va jamoat arbobi sifatida tanilgan. U O&#8217;zbekistan Respublikasi Oliy Kengashi deputati, Respublika Oliy Majlisi deputati sifatida istiqlol yo&#8217;lida ko&#8217;p xayrli ishlarni olib borgan.<br \/>\n\u201cYulduzli tunlar\u201d, \u201cAvlodlar dovoni\u201d chiqqandan beri kitobxonlarning muallifga maktublari keti uzilmadi. Xindistonning Indour shahrida yashovchi Surjamal Garch degan advokatdan kelgan maktubda shunday satrlar bor: \u201cYozuvchi boy faktik materiallar asosida badiiy jixatdan guzal roman yaratgan, men ko&#8217;pdan beri bunday ajoyib asar o&#8217;qimagan edim\u201d.<br \/>\nShaxrixonlik Abdufattox Jo&#8217;raev shularni yozadi: \u201cYulduzli tunlar\u201d va \u201cAvlodlar dovoni\u201d romanlaringizni o&#8217;qigan har bir o&#8217;zbek farzandi o&#8217;zining shu buyuk avlodning bir tomiri ekanligidan g&#8217;ururlanishiga, qolaversa, bularni o&#8217;qigan boshqa millat vakillarining buyuk xalqimizga bo&#8217;lgan xurmatlari ortishiga imonimiz komil\u201d.<br \/>\nFarg&#8217;onalik xasos shoira, maktab muallimasi Maqsuda Ergasheva esa \u201cAvlodlar dovoni\u201d mutolaasi paytidagi xis-xayajonlarini shunday izhor etadi: \u201cSizning \u201cAvlodlar dovoni\u201d romaningizni behad minnatdor bo&#8217;lib o&#8217;qib chiqdim\u201d.<br \/>\nBoburiylar sulolasi xaqidagi romanlar turkumi xali intixosiga etgan emas edi. Adib Tojmaxaldek buyuk obidani barpo etgan, sevgi-sadoqatning tengsiz namunasini namoyon qilgan, boburiylar saltanatini yangi dovonlarga kutargan Shoxjaxon kabi buyuk siymolar xaqidagi yangi roman xayoli bilan band edi. Afsuski, mash\u2019um o&#8217;lim 2010 yil 21 dekabr kuni uni xayotdan olib ketdi.<br \/>\nO\u02bbzbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov Xamza nomidagi O&#8217;zbekistan Davlat mukofoti laureati (1981), O&#8217;zbekiston Xalq yozuvchisi (1988), \u201cShuhrat\u201d medali (1994), \u201cEl-yurt hurmati\u201d (1998), \u201cBuyuk xizmatlari uchun\u201d (2006) ordenlari bilan mukofotlangan.<\/p>\n<p>\u00abYulduzli tunlar\u00bb ingliz tilida<br \/>\nO&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi Primqul Qodirov qalamiga mansub \u00abBobur. Yulduzli tunlar\u00bb romanining inglizcha nashri (Babur: Starthy Nights) chop etildi. Tarixiy roman atoqli shoir, sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning dramatik hodisalarga boy qismatidan hikoya qiladi.<br \/>\nTemuriylar sulolasiga mansub Bobur Mirzo hozirgi Hindiston, Pokiston, Bangladesh va Afg&#8217;onistonning janubiy-sharqiy qismini egallagan, Britaniya mustamlakasiga qadar, 19 asr o&#8217;rtalarigacha hukm surgan Boburiylar davlatiga asos solgan. U boshidan kechirganlari, g&#8217;alaba va mag&#8217;lubiyatlari shubha va iztiroblarini mashhur \u00abBoburnoma\u00bb asarida bayon etgan. Primqul Qodirov betakror romanini yozishda mazkur asarga tayangan. Kitobni o&#8217;qir ekansiz, 15-16 asrlarda Markaziy Osiyo va Hindistonda kechgan tarixiy voqealar bilan yaqindan tanishasiz.<br \/>\nRomanni Britaniyalik adabiyotshunos Kerol Ermakova ingliz tiliga o&#8217;girgan. Tarjima matni Juli Uikenden tomonidan tahrir qilingan. Taniqli o&#8217;zbek rassomi Bobur Ismoilov nashr uchun suratlar ishlagan. Kitob Frantsiyaning nufuzli \u00abNouveau Monde Editions\u00bb nashriyotida chop etilgan.<br \/>\nMa&#8217;lumot o&#8217;rnida aytishki kerakki, \u00abBabur: Starthy Nights\u00bb kitobi Islom Karimov fondining 6 yillik faoliyati davomida amalga oshirgan o&#8217;n oltinchi noshirlik loyihasi bo&#8217;ldi.<\/p>\n<p>Unvonlari<br \/>\nPirimqul Qodirov 1990-2000-yillarda O\u02bbzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining fan, ta\u02bclim va madaniyat qo\u02bbmitasining raisi, rais o\u02bbrinbosari vazifasida faoliyat ko\u02bbrsatdi.<br \/>\n\u2022 Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston SSR davlat mukofoti (1981) \u2014 &laquo;Yulduzli tunlar&raquo; romani uchun<br \/>\n\u2022 SSSR yozuvchilar uyushmasi mukofoti (1983) \u2014 &laquo;olmos kamari&raquo; romani uchun<br \/>\n\u2022 &laquo;Shuhrat&raquo; Medali (1994)<br \/>\n\u2022 \u201eEl-yurt hurmati\u201c ordeni (1998)<br \/>\n\u2022 Orden \u201eBuyuk xizmatlari uchun\u201c (2006)<br \/>\n\u2022 O\u02bbzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (2017, vafotidan keyin)<br \/>\n\u2022 O\u02bbzbekiston SSR xalq yozuvchisi (1988)<br \/>\n\u2022 O\u02bbzbekiston SSRda xizmat ko\u02bbrsatgan madaniyat xodimi<\/p>\n<p>Foydalanilgan adabiyotlar:<br \/>\n1. P.Qodirov. Uch ildiz \/ roman \/ \u00abAdabiy barhayot asarlar\u00bb turkumi \u2013 T.: \u00abKamalak\u00bb nashriyoti, 2019.- 448 b<br \/>\n2. P.Qodirov. Yulduzli tunlar Bobur [matn]: roman \/ P.Qodirov. \u2013 Toshkent: \u00abO&#8217;qituvchi\u00bb NMIU, 2018. \u2013 568 b.<br \/>\n3. O&#8217;zbekiston adabiyoti va san\u2019ati 2023-yil 10-fevral \/ \u21165 (4716)<\/p>\n<p>Tayyorlagan ABX rahbari: J.Kadirbaeva<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Pirimqul Qodirov (1928-2010) Yozuvchi, tarjimon, publitsist, adabiyotshunos olim, o\u02bbzbek nasrining [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1752,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-1750","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bibliographic-reference"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1750","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1750"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1750\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1753,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1750\/revisions\/1753"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1752"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1750"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1750"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1750"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}