{"id":3055,"date":"2024-12-14T10:04:53","date_gmt":"2024-12-14T07:04:53","guid":{"rendered":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/?p=3055"},"modified":"2024-12-14T10:04:53","modified_gmt":"2024-12-14T07:04:53","slug":"%d1%9ezbekcha-ozbek-shoirasi-taniqli-zulfiyaxonim-tavalludining-109-yilligi-munosabati-bilan-sadoqat-va-vafo-ramzi-mavzusida-tayyorlangan-bibliografik-qollanma","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/archives\/3055.html","title":{"rendered":"O\u2019zbek shoirasi taniqli Zulfiyaxonim tavalludining 109-yilligi munosabati bilan \u201cSadoqat va vafo ramzi\u201d mavzusida tayyorlangan bibliografik qo\u2019llanma"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>\u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0Hayoti va ijodi<\/strong><\/p>\n<p>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 O\u02bbzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, O\u02bbzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova 1915 yil 1- martda Toshkentning O\u02bbqchi mahallasida degrez oilasida tug\u02bbilgan. U xotin-qizlar bilim yurtida o\u02bbqib yurgan vaqtlaridayoq 1931-1934 adabiy to\u02bbgaraklarga qatnashib, she\u02bcrlar mashq qiladi. \u00a0Zulfiyaning \u201cMen ish qizi\u201d nomli birinchi she\u02bcri 1931-yil \u00a017-iyulda \u00a0\u201cIshchi\u201d gazetasida bosilib chiqdi. \u201cHayot varaqlari\u201d nomli ilk to\u02bbplami o\u02bbn yetti yoshida nashr etildi. 1935\u20131938 yillarda O\u02bbzbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi. 1938\u20131948 yillarda nashriyotlarda muharrir, bo\u02bblim boshlig\u02bbi, 1950\u20131953 yillarda esa \u201cO\u02bbzbekiston xotin-qizlari\u201d hozirgi \u201cSaodat\u201d jurnalida bo\u02bblim boshlig\u02bbi, 1953\u20131985 yillarda esa bosh muharrir bo\u02bblib ishladi. Zulfiya badiiy-estetik puxta she\u02bcr-dostonlari bilan Oydin, Muzayyana Alaviya, Xosiyat Tillaxonovalar safiga kirib keldi.\u00a0 Zulfiyaning ijodiy kamolotida o\u02bbzbek va rus klassiklari, xalq og\u02bbzaki \u00a0ijodiyoti va jahon adabiyoti an\u02bcanalarining \u00a0roli \u00a0beqiyos \u00a0bo\u02bbldi. Adiblar platformasi muxbiri, yuqori tajribali o&#8217;zbek tili va \u0430dabiyot o&#8217;qituvchisi Abduraxmonova \u00a0Mavlud\u0430 tomonidan yaratilgan video-qo&#8217;llanma. Shoira \u201cTemiroy\u201d 1934-yilda, \u201cShe\u02bcrlar\u201d va \u201cQizlar qo\u02bbshig\u02bbi\u201d 1938-yil kabi poetik asarlarini ona Vatan va uning dala, cho\u02bbllarida mehnat qilayotgan paxtakorlar, traktorchi qizlarning qaynoq hayotlariga bag\u02bbishlaydi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-3056 aligncenter\" src=\"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/bez-nazvaniya.jpg\" alt=\"\" width=\"225\" height=\"225\" srcset=\"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/bez-nazvaniya.jpg 225w, https:\/\/taqiyatasmko.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/12\/bez-nazvaniya-150x150.jpg 150w\" sizes=\"auto, (max-width: 225px) 100vw, 225px\" \/><\/p>\n<p>Ayni chog\u02bbda, mazkur to\u02bbplamlardagi she\u02bcrlari shoiraning mahorat sirlarini egallayotgan davrini xarakterlovchi asarlar sifatida ham muhim edi. Urush vaqtida \u201cUni Farhod derdilar\u201d1943-yilda, \u201cHijron kunlarida\u201d 1944-yil \u00a0kabi \u00a0to\u02bbplamlarining nashr etilishi \u00a0Zulfiyaning \u00a0peshqadam shoirlar qatoriga dadil kirib kelayotganligidan dalolat berdi. Bu to\u02bbplamdagi she\u02bcrlar Vatanga muhabbat, dushmanga nafrat va g\u02bbalabaga ishonch, yorga sadoqat ruhida yaratilgani bilan xarakterlidir. Zulfiyaning \u201cMening Vatanim\u201d, \u201cQo\u02bblimda qurolu ustimda shinel\u201d, \u201cBizni kut\u201d kabi umidbaxsh \u00a0she\u02bcrlari \u00a0urush davri o\u02bbzbek she\u02bcriyatining jangovor ruhini ifodalovchi asarlar qatoridan o\u02bbrin olgan. Shoiraning \u00a0urushdan \u00a0keyingi yillarda yaratilgan \u201cDalada bir kun\u201d 1948-yil, \u201cTong qo\u02bbshig\u02bbi\u201d 1953-yil kabi she\u02bcrlar turkumi, shuningdek, \u201cHulkar\u201d 1947-yil, \u201cMen tongni kuylayman\u201d 1950-yil, \u201cDugonalar bilan suhbat\u201d 1953-yil, \u201cYuragimga yaqin kishilar\u201d 1958-yil, \u201cGullarim\u201d 1959-yil, \u201cTanlangan asarlar\u201d 1959-yil, \u201cHayot jilosi\u201d 1961-yil, \u201cKuylarim sizga\u201d 1963-yil, \u201cShe\u02bcrlar\u201d 1963-yil, \u201cKuylarim sizga\u201d to\u02bbldirilgan 2-nashri \u00a01965-yil, \u201cO\u02bbylar\u201d lirika\u00a0 2-nashri \u00a01969-yil, \u201cLolaqizg\u02bbaldoq\u201d 1970-yil, \u201cQuyoshli qalam\u201d 1971-yil, \u201cVisol\u201d 1972-yil, \u201cAsarlar\u201d 2-tomlik, 1-jild \u00a01974-yil ,2-jild 1975-yil, \u201cYillar, yo\u02bbllar\u2026\u201d 1975-yil kabi to\u02bbplamlarida Vatan madhi, mehnat \u00a0jarayonida \u00a0fidokorlik \u00a0ko\u02bbrsatayotgan \u00a0kishilar \u00a0hayoti \u00a0jo\u02bbshib kuylanadi. Uning \u201cSo\u02bbroqlaydi \u00a0shoirni \u00a0she\u02bcrim\u201d 1960-yil, \u201cOydin\u201d 1953-yil, \u201cQuyoshli qalam\u201d 1967-yil kabi ocherk va dostonlari Hamza, Oybek, Oydin, Hamid Olimjon kabi ustozlarning \u00a0yorqin \u00a0xotiralariga bag\u02bbishlangan. Zulfiya \u00a0Hamid \u00a0Olimjonning \u201cSemurg\u201d, \u201cZaynab va Omon\u201d dostonlari asosida pyesa va opera liberettosini ham yaratgan. 1970-yil \u00a0Zulfiya \u201cO\u02bbylar\u201d, \u201cShalola\u201d kabi \u00a0she\u02bcriy \u00a0to\u02bbplamlari \u00a0uchun Respublika \u00a0Davlat \u00a0mukofotiga sazovor bo\u02bblgan. U o\u02bbttizdan ziyod she\u02bcriy va nasriy kitoblar muallifi. Badiiy ijod sohasidagi \u00a0xizmatlari uchun \u00a0Davlat mukofoti, 1968-yil Javoharlar \u00a0Neru nomidagi xalqaro mukofot bilan taqdirlandi. Tinchlik va do\u02bbstlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar \u00a0Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi \u00a0faol \u00a0ishtiroki \u00a0uchun 1970-yil xalqaro \u201cNilufar\u201d mukofotiga sazovor bo\u02bbldi. Shoira Hindiston, Yugoslaviya, Shri Lanka, Misr, Birma, Avstriya kabi mamlakatlarda bo\u02bbldi. U 1956 yilda Osiyo va Afrika yozuvchilarining Dehlida o\u02bbtkazilgan birinchi \u00a0konferensiyasida qatnashib, mashhur \u201cMushoira\u201d 1958-yil \u00a0asarini yaratdi. Zulfiyaning o\u02bbn \u00a0beshga \u00a0yaqin majmualari \u00a0rus \u00a0tilida chop etilgan. Uning asarlari ingliz, nemis, hind, bolgar, xitoy, koreys, arab, fors, tojik, arman, qirg\u02bbiz, tatar, turkman, boshqird, ozarbayjon va boshqa tillarga tarjima qilingan. Shoira N.Nekrasov, M.Lermontov, Vera Inber, Lesya Ukrainka, Edi \u00a0Ognetsvet, Marvarid Dilboziy, Amrita Pritam asarlarini o\u02bbzbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.Mustaqillik yillarida ibratli hayot kechirgan, keng ijtimoiy faoliyat olib borgan shoira Zulfiya betakror iste\u02bcdodi, Vatanga muhabbati, olijanob insoniy fazilatlari, xalqimiz \u00a0ma\u02bcnaviyatini \u00a0yuksaltirishdagi \u00a0xizmatlari \u00a0uchun \u00a0yuksak hurmat \u00a0va e\u02bczozga \u00a0sazovor \u00a0bo\u02bbldi. O\u02bbzbekiston hukumati atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini \u00a0e\u02bctiborga olib 1999 yili Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta\u02bcsis etdi.<\/p>\n<p>Joylarda butun O&#8217;zbekiston Respublikasi bo&#8217;ylab tadbirlar olib borilmoqda.<\/p>\n<p><strong>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Muallifning ijod namunalari.<\/strong><\/p>\n<p><strong>EMISH&#8230; <\/strong><\/p>\n<p>Emish: shuhrat o\u2018rab kemtik qismatim,<\/p>\n<p>Ko\u2018zlardan uzoqda sirqirab oqar.<\/p>\n<p>Qalbda qo\u2018rg\u2018oshinday yotib hasratim,<\/p>\n<p>Ko\u2018zlarim jahonga baxtiyor boqar.<\/p>\n<p>Emish: hayot menga ayol baxtidan<\/p>\n<p>To\u2018liq kosasini ko\u2018rmapti loyiq.<\/p>\n<p>Lekin qalbim to\u2018kkan she\u2019r shuhratidan<\/p>\n<p>Baxtli ayol dermish meni xaloyiq&#8230;<\/p>\n<p>Tanda qo\u2018rg\u2018oshin-la yurganlar ozmi?<\/p>\n<p>U jangchi tanida, ayol dilida<\/p>\n<p>Qariyb chorak asr zanglamay yotar.<\/p>\n<p>Baxtning ming jilosin bergan elida,<\/p>\n<p>Har bir jon jahonga tole yor boqar.<\/p>\n<p>Limmo-lim qismatga bo\u2018lmaganlar yor,<\/p>\n<p>Kemtiklik hasratin bilarmi dardin!<\/p>\n<p>Qalbni bezab ketgan ishqda zo\u2018r baxt bor,<\/p>\n<p>Yurak unutarmi oltin damlarin?<\/p>\n<p>Ayol baxti! Menday ayol baxtiga<\/p>\n<p>Taqdir malikani ko\u2018rganmi loyiq?<\/p>\n<p>Xalq mehrida, yorman el shuhratiga,<\/p>\n<p>Baxtli ayol desa haqli xaloyiq&#8230;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Zulfiyaxonim Isroilova Hamid Olimjon bilan turmush qurgan. Biroq ular orzularga to\u2019la hayot kechirayotgan pallada 1944-yili mashina halokati tufayli turmush o\u2019rtog\u2019idan ayrildi. Shoira esa 1996-yilda 81-yoshida vafot etadi. \u00a0Shoira badiiy ijodga juda erta kirishdi. O\u2019n yetti yoshida \u201cHayot varaqalari\u201d deb atalmish dastlabki she\u2019riy kitobini chop ettirdi. Uzoq ijodiy umri davomida o\u2019ttizga yaqin she\u2019riy to\u2019plamlar, o\u2019ndan ortiq dostonlar yaratdi. Shoira hammani o\u2019ylatadigan, barcha kishilarga \u00a0daxldor bo\u2019lgan holatlarni she\u2019rga soladi. Shuning uchun ham yozganlari ko\u2019pchilikka manzur bo\u2019ladi. Zulfiyaning ulkan iste\u2019dodi faqat yurtimizdagina emas balki dunyo miqyosida ham e\u2019tirof etilgan. U \u2013 xalqaro \u201cNilufar\u201d mukofoti egasi. Shoira sherlarining el aro mashhurligi tasodifiy emas. U bolaligidan olamga hayrat ko\u2019zi bilan qarovchi, uning boshqalar ko\u2019rolmaydigan jihatlarini ilg\u2019ovchi qizaloq ekanligi bilan ajralib turardi. Buning ustiga, oilasidagi muhit ham yosh Zulfiyada badiiy ijodga ishtiyoqni alangalatardi.<\/p>\n<p>Shoira bolaligini shunday eslaydi: \u201cOtamni\u2026 Isroil degrez der edilar. Otam zahmatkash temirchi edi. Otamning hamma vaqt olovga yo\u2019ldosh kasbidan faqat zavq ko\u2019rar edim. Otamday qudratli odam yo\u2019q edi men uchun. Temirlar otam qo\u2019lida chaqmoqlar taratishiga boqib, hayratda qolar edim. Uning qo\u2019llari cho\u2019g\u2019ga aylangan temir parchasini istagan shaklga solib, inson uchun kerakli narsaga aylantirishga qodir edi. Men hali-hanuz otamday bolishni orzu qilaman, ammo na iloj, inson qalbiga kira bilish temirga ishlov berishdan mashaqqatliroq, yurakni chaqmoq kabi alanga oldirish har kimga ham muyassar bo\u2019lavermas ekan\u2026Mening onam o\u2019zining ta\u2019bincha, \u201custi butun \u2013 ichi tutun\u201d ayollardan edi. U hamma vaqt kamgap, xayolchan edi, lekin fikrlari, o\u2019ylari mudroq emasligini, unga mutelik, zaiflik yot ekan-ligini bilar edim. Ruhidagi ma\u2019yuslik, ovozidagi hazinlik faqat uning xarakteriga xos bir sifatgina edi, xolos. Onamning qancha-qancha qo\u2019shiq va afsonalarni, doston va ertaklarni bilishiiga aqlim bovar qilmasdi. Bu sehrli afsona va ertaklar bizga benihoya huzur bag\u2019ishlar, o\u2019ziga rom qilib olar, har safar yangi jilva kasb etardi. Aminmanki, mo\u2019jizalar yaratishga qodir, jahonni ko\u2019zga keng ochuvchi, insonni go\u2019zallik sari yetaklovchi so\u2019zga shaydolik hissini mening qalbimda ostona hatlab ko\u2019chaga chiqmagan oddiy ayol \u2013 onam uyg\u2019otgan\u2026\u201dZulfiya she\u2019riyati ana shunday pokiza buloqlardan suv ichgan ijoddir. Ayni shu sababdan uning tinchlik haqidagi, inson ruhiya-tini g\u2019ajib tashlay oladigan hijron to\u2019g\u2019risidagi, tabiatning ajib bir holati borasidagi she\u2019rlari hech kimni befarq qoldirmaydi. Shu bois shoiraning barcha ayollarga, barcha onalarga, barcha ma\u2019shuqalarga xos, tushunarli, anglanarli \u00a0bo\u2019lgan she\u2019riyati aslo eskirmaydi. Uning asarlarida halol inson tuyg\u2019ularining porloq yulduzi charaqlab turadi. Xalq orasida \u201cOydinda\u201d, \u201cSensiz\u201d, \u201cYurak\u201d, \u201cFalak\u201d, \u201cBahor keldi seni so\u02bbroqlab\u201d, \u201cO\u02bbg\u02bbirlamang qalamim bir kun\u201d, \u201cBo\u02bbm-bo\u02bbsh qolibdi bir varaq qog\u02bboz\u201d kabi she\u02bcrlari, \u201cO\u02bbg\u02bblim, sira bo\u02bblmaydi urush\u201d, \u201cMushoira\u201d kabi she\u02bcrlari mashhur. \u201cUni Farhod der edilar\u201d, \u201cQuyoshli qalam\u201d, \u201cXotiram siniqlari\u201d kabi lirik va liro-epik dostonlar muallifi. 1935 yilda shoir Hamid Olimjon bilan turmush qurgan va uning bevaqt vafotidan so\u02bbng ko\u02bbplab mahzun she\u02bcrlar yaratgan. Pushkin, Lermontov, Nekrasov, L.Ukrainka, V.Inber va boshqa ko\u02bbplab shoirlarning asarlaridan namunalarni o\u02bbzbek tiliga tarjima qilgan. Zulfiya she\u2019riyati tabiatga hamda uning ajralmas qismi va yuqori cho\u2018qqisi bo\u2018lmish odamzotga nisbatan hayajonli sevgi bilan burkangan. Uning she\u2019rlarida tabiat och ranglarda, yorqin bo\u2018yoq va timsollarda gavdalanadi.<\/p>\n<p>Oilasi<\/p>\n<ul>\n<li>Turmush o\u02bbrtog\u02bbi- <a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Hamid_Olimjon\">Hamid Olimjon<\/a>publitsist, adabiyotshunosi va jamoat arbobi.<\/li>\n<li>Qizi- Hulkar<\/li>\n<li>Akasi-Karimjon Isroilov.<\/li>\n<li>Akasi-Normat Isroilov NKVD Xorazm bo\u02bblimida ishlagan. 1937-yil qatag&#8217;onga uchrab, Toshkentda otib tashlangan.<\/li>\n<li>Nabirasi-Lola Muhiddinova-tarixchi va tarjimon.<\/li>\n<li>Zulfiyaning olijanoblik, jasorat, haqqoniy xalq g\u2018ururi, tabiat va insonga nisbatan samimiy tuyg\u2018ular va hurmat, boy ranglar va kutilmagan yangi timsollar bilan bajarilgan lirikasi, kitobxon qalbini larzaga keltiradi, insoniyatning kelajakka \u00a0bo\u2018lgan \u00a0ishonchini mustahkamlaydi. Iqtidorli \u00a0shoira \u00a0va \u00a0yozuvchi, inson qalb tug\u2018yonlarini \u00a0o\u2018tkir \u00a0bilimdoni \u00a0bo\u2018lib,\u00a0 turli \u00a0janrlarda \u00a0asarlar yaratgan, dostonlar, balladalar, elegiyalar, nasriy she\u2019rlar, hikoyalar, ocherklar, publististik \u00a0maqolalar \u00a0va \u00a0gazeta \u00a0 \u00a0Uning ko\u2018p she\u2019rlari\u00a0 xalqlari tinchligi va do\u2018stligi sari kurashga bag\u2018ishlangan edi. Urush yillari u vatanparvarlik she\u2019rlarini yozgan. U tomonidan, shuningdek, o\u2018zbek bastakorlarining operalariga librettolar ham yozilgan, masalan, \u201cZaynab va Omon\u201d operasiga libretto. Shu bilan birga, turmush o\u2018rtog\u2018i \u00a0Hamid \u00a0Olimjon \u00a0qalamiga \u00a0mansub \u201cSemurg\u2018\u201d dostoni mavzusi asosida, ertak-sahna asarini ham yozgan. Zulfiya 1996-yilning 1-avgustida vafot etdi.<\/li>\n<li>Manbalar<\/li>\n<\/ul>\n<ol>\n<li>\u00a0<a href=\"https:\/\/www.youtube.com\/watch?v=7xEdwmUVTSs&amp;t=373\">O\u02bbzbekiston Tarixi kanali<\/a><sup>(o\u02bbzb.<\/sup><\/li>\n<li>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Zulfiya<\/li>\n<li>\u00a0\u00a0\u00a0 Ko\u2019zlaringda bormi yulduzing: [matn]\/Zulfiya.-Toshkent: \u00abZabarjat Media\u00bb, 2022.-144b.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Tayyorlagan MBX rahbari:\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 J.Kadirbaeva<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0Hayoti va ijodi \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 O\u02bbzbek xalqining sevimli [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3056,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-3055","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bibliographic-reference"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3055","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3055"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3055\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3057,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3055\/revisions\/3057"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3056"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3055"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3055"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3055"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}