{"id":3058,"date":"2024-12-14T13:21:39","date_gmt":"2024-12-14T10:21:39","guid":{"rendered":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/?p=3058"},"modified":"2024-12-14T13:21:39","modified_gmt":"2024-12-14T10:21:39","slug":"%d1%9ezbekcha-abdulla-qahhor-ozbekiston-xalq-yozuvchisi-dramaturg-tarjimon-ozbek-adabiyotining-yorqin-namoyondasi-haqida-esdalik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/archives\/3058.html","title":{"rendered":"Abdulla Qahhor \u2013 O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi,  dramaturg, tarjimon, o\u2018zbek adabiyotining yorqin  namoyondasi haqida Esdalik"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Abdulla Qahhor tarjimai holi<\/strong><\/p>\n<p>Abdulla Qahhor 1907 yili 17 senyabrda Farg&#8217;ona viloyatining Qo\u2018qon shahrida tug&#8217;ilgan. Uning otasi Abduqahhor temirchi bo\u2018lgan. Lekin bu kasbdan oladigan daromad tirikchilik uchun kifoya qilmagani sababli u doim ish izlab qishloqma qishloq ko\u2018chib yurardi. Shu tufayli Abdullaning bolaligi Yaypan, Nursuh, Kudash, Buvayda, Tolliq, Olqor, Yulg&#8217;unzor, Oqqo\u2018rg&#8217;on kabi Qo\u2018qon atrofidagi qishloqlarda kechadi. Kechqurunlari otasi Abdullaga suratli eski kitoblardan hikoyalar o\u2018qib bergan.<\/p>\n<p>Qiyinchiliklarga qaramay, otasi Abduqahhor Jalilov va onasi Rohat aya o\u2018g&#8217;liga boshlang&#8217;ich ta&#8217;limni bera olishgan. U o\u2018n yoshga to\u2018lganda Buvaydadagi eski maktabga o\u2018qishga kiradi, biroq ko\u2018p o\u2018tmay oila Oqqo\u2018rg&#8217;onga ko\u2018chadi. Oqqo\u2018rg&#8217;on maktabida Abdulla qo\u2018qonli Muhammadjon qorining usuli savtiya maktabida tahsil ko\u2018rdi. Muhammadjon qori ilg&#8217;or fikrli ma&#8217;rifatparvar odam edi. U geografiya, matematika kabi ilmlarni ham o\u2018qitgan. Ayniqsa, shogirdlarida sharq adabiyotiga qiziqish uyg&#8217;otishga uringan.<\/p>\n<p>Ehtimol shu bois bo\u2018lsa kerak, Abdulla Qahhor umrining ohirigacha Sa&#8217;diy va Xayyom, Hofiz va Bedil, Lutfiy va Navoiy, Bobur va Nodira asarlarini qo\u2018ldan qo\u2018ymay mutolaa qilar, ularning ancha-munchasini yod bilar va o\u2018rni kelganda ulardan parchalar keltirib, fikrini dalillar edi. Shundan so\u2018ng Abdulla Qo\u2018qonda yangi ochilgan \u201cIstiqbol\u201d maktab internatida o\u2018qiy boshlaydi, bu internat Abdullaning zehnini yanada o\u2018tkirlashtirdi.<\/p>\n<p>1922-1924 yillarda Abdullada adabiyotga qiziqish avj ola boradi. Bu yillarda u Qo\u2018qon pedtexnikumida o\u2018qidi, umrida birinchi marta Pushkin, Gogol, Turgenev, Tolstoy asarlaridan xabardor bo\u2018ldi. Texnikumda chiqadigan \u201cBilim yurti\u201d devoriy gazetasiga she\u2019rlari va maqolalari bilan tez-tez qatnashib turdi. Abdulla Qahhor 1926 yilda ishchilar fakultetiga o\u2018qishga kiradi va uni tugatib yana jurnalistik faoliyat bilan shug&#8217;ullanadi. U 1934 yilda O\u2018rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetida tahsil oladi.<\/p>\n<h3>Abdulla Qahhorning ijod yo&#8217;li<\/h3>\n<p>1923 yilning dekabr oyida \u201cMushtum\u201d jurnalida Abdulla Qahhorning birinchi feletoni bosildi. Shundan keyin u respublika matbuotida \u201cGulyor\u201d, \u201cYalangoyoq\u201d, \u201cNorin shilpiq\u201d, \u201cMavlon kufur\u201d, \u201cNish\u201d kabi taxalluslar bilan tez-tez feltonlar, satirik she\u2019rlar, hikoyalar e\u2019lon qila boshladi. 1925 yilda \u201cQizil O\u2018zbekiston\u201d gazetasi uni Toshkentga gazeta tahririyatida ishlashga taklif etadi. Gazetaning Abdulla Qahhorning yozuvchi sifatida shakllanishida o\u2018rni katta.<\/p>\n<p>Abdulla Qahhor adabiyot olamiga hikoya janrining tengsiz ustasi bo\u2018lib kirdi. Yozuvchini hatto o\u2018zbek Chexovi deb ham atashadi. Uning ilk kitobi \u201cQishloq hukm ostida\u201d nomli kichik qissa 1932 yilda nashrdan chiqqan. Shundan so\u2018ng yozuvchining \u201cOlam yasharadi\u201d va \u201cTangrining kulgisi\u201d degan to\u2018plamlari bosildi. Adibning \u201cBoshsiz odam\u201d hikoyasi ayol qadr-qimmati, ozodligini kuylovchi asar hisoblanadi.<\/p>\n<p>Yozuvchining 30-yillar ijodida ilk romani \u2013 \u201cSarob\u201d yaqqol ko\u2018zga tashlanadi. Ushbu roman keng mavzuli bo\u2018lib, o\u2018sha davrdagi hayot manzaralarini real tasvirlagan, voqealar tasvirida haqiqatni saqlab qolgan.<\/p>\n<p>Abdulla Qahhor ijodiy hayoti mobaynida 40 dan ortiq asar yozgan. Bu kitoblar orasida 30 taga yaqin hikoyalar bo\u2018lib, ular o\u2018zbek adabiyotida hikoya janrining badiiy ufqlarini kengaytirgani bilan ahamiyatlidir. \u201cAsror bobo\u201d, \u201cKampirlar sim qoqdi\u201d, \u201cXotinlar\u201d hikoyalari va \u201cOltin yulduz kabi qissalarida o\u2018zbek jangchilarining mardligi, halqimizning mehnatdagi jonbozligi, yuksak vatanparvarligi ifodalangan. Yozuvchining urushdan keyingi yillarda yaratgan \u201cQo\u2018shchinor chiroqlari\u201d (1951) romani va \u201cSinchalak\u201d (1958), \u201cMuhabbat\u201d (1968), \u201dO\u2018tmishdan ertaklar\u201d (1965) qissalari, &laquo;Boshsiz odam&raquo;, &laquo;Anor&raquo;, &laquo;Bemor&raquo;, &laquo;Dahshat&raquo;, &laquo;O\u2018g&#8217;ri&raquo;, &raquo; Millatchilar&raquo;, &laquo;San\u2019atkor&raquo;, &laquo;Adabiyot muallimi&raquo;, &laquo;O\u2018jar&raquo; kabi hikoyalari o\u2018zbek nasrining taraqqiyotiga muhim hissa bo\u2018lib qo\u2018shildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Abdulla Qahhor \u2013 dramaturg<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Adib 1938-1939 yillar Hamza nomidagi O\u2018zbek akademik drama teatrining adabiy bo\u2018limiga boshchilik qiladi. U o\u2018zining \u201cShohi so\u2018zana\u201d (1951), \u201cOg&#8217;riq tishlar\u201d (1954), \u201cTobutdan tovush\u201d (1962), \u201cAyajonlarim\u201d (1967), \u201cSo\u2018ngggi nusxalar\u201d komediyalari bilan o\u2018zbek dramaturgiyasi rivojiga salmoqli hissa qo\u2018shdi. Ayniqsa, \u201cShohi so\u2018zana\u201d hajviy pesasi respublika va qator xorijiy mamlakatlar sahnalarda muvaffaqiyatli namoyish qilingan.<\/p>\n<p>O\u2018zbek kitobxonlari Abdulla Qahhor tarjimasida M. Gorkiyning \u201cMening dorilfununlarim\u201d, I. V. Gogolning \u201cRevizor\u201d, L. N. Tolstoyning \u201cUrush va tinchlik\u201d romani va boshqa bir qator asarlarni o\u2018zbek tilida o\u2018qishga muvaffaq bo\u2018lishgan. Ayni paytda Abdulla Qahhor asarlari rus, ukrain, belorus, qozoq, qirg&#8217;iz, tojik, qoraqalpoq kabi tillarga tarjima qilingan. Uning ayrim hikoyalari esa ingliz, nemis, frantsuz, chex, polyak, bolgar, rumin, arab, hind tillarida chop etilgan.<\/p>\n<p>1968 yilning 25 may kuni Abdulla Qahhorga \u201cO\u2018zbekiston xalq yozuvchisi\u201d unvoni berilgan. U 1968 yil 25 may kuni Moskvada 61 yoshida vafot etgan. Yozuvchi vafotidan so\u2018ng \u201cBuyuk xizmatlari uchun\u201d ordeni bilan taqdirlangan.<\/p>\n<p>Abdulla Qahhor nomi Toshkent va Qo\u2018qondagi bir necha ko\u2018cha va maktab, shuningdek, madaniyat uylari va respublika Satira teatriga berilgan. Poytaxtda Abdulla Qahhor uy-muzeyi ochilgan va haykali o\u2018rnatilgan.<\/p>\n<p>Abdulla Qahhor umrining oxirlarida davolanish uchun Moskvaga boradi va o\u02bbsha yerda vafot etadi. Toshkentdagi Chig\u02bbatoy qabristoniga dafn etiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Abdulla Qahhor haqida<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzaev Abdulla Qahhorni shunday eslaydi: &laquo;Mana, Abdulla Qahhor haqida xotiralar kitobi chiqayapti. Ulkan rus adiblari haqida zamondoshlari bitgan ko\u2018p xotiralarni o\u2018qiganman. Ayniqsa, I.Buninning Chexov haqidagi yodnomalari yoqadi. Unda Chexovning qanday o\u2018tirishi, havo qandoq ekani va nimalar degani g&#8217;oyat aniqlik bilan yozilgan. O\u2018zimning Abdulla Qahhorni ko\u2018rgan chog&#8217;larim haqida o\u2018ylab, xotiralarimni beixtiyor anavi yodnomalarga solishtirishni istasam: &laquo;Tavba, \u2014 degim keladi. \u2014 Bunin Chexovning uyiga reportyor sifatida borar ekan, xolos. Yoki\u2026 uning xotirasi o\u2018zi \u2014 mo\u2018\u2019jiza&raquo;.<\/p>\n<p>&laquo;Bir yozuvchi turli yillarda boshqa bir yozuvchining asarlarini tarjima qilaversa, bilingki bu shunchaki havasdan emas, balki asarlarini tarjima etayotgan shaxsga yuksak e\u2019tiqodidan ham dalolatdir. Menga Qahhorning shaxsiyati, fe\u2019l-atvori, o\u2018ziga va o\u2018zgalarga talabchanligi, qobiliyatining ayricha xususiyati bo\u2018lmish lirikligiyu kinoyaga moyilligi, xullas, barcha jihatlari yoqar edi. Ayniqsa, uning hayotda ham, ijodda ham mardligi men uchun qadrli ediki, bu fazilati asarlariga qanday hayotiy material tanlaganida, materialga qanday mavzu yuklaganida va masalani qanday hal etganida ko\u2018rinar edi&raquo;, &#8211; deb eslaydi yozuvchi Konstantin Simonov.<\/p>\n<p><strong>Mukofotlari<\/strong><\/p>\n<p>Abdulla Qahhor Hamza nomidagi O\u02bbzbekiston Davlat mukofoti (1966) laureati.&raquo;Buyuk xizmatlari uchun&raquo; ordeni bilan mukofotlangan (2000). Uning nomi Toshkent va Qo\u02bbqondagi bir necha ko\u02bbcha, maktab va jamoa xo\u02bbjaliklariga, shuningdek madaniyat uylari va respublika Satira teatriga berilgan. Toshkentda Abdulla Qahhor uy-muzeyi ochilgan (1987).<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Manbalar:\u00a0 \u00a0<\/strong><a href=\"https:\/\/sputniknews.uz\/20230917\/abdulla-qahhor--biografiya-39028008.html\"><strong>https:\/\/sputniknews.uz\/20230917\/abdulla-qahhor&#8211;biografiya-39028008.html<\/strong><\/a><\/p>\n<p><strong>Internet tarmoqlaridan foydalanildi.<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u0422ayyorlagan:\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 J.Kadirbaeva<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Abdulla Qahhor tarjimai holi Abdulla Qahhor 1907 yili 17 senyabrda [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3059,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-3058","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bibliographic-reference"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3058","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3058"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3058\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3060,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3058\/revisions\/3060"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3059"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3058"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3058"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3058"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}