{"id":3064,"date":"2024-12-14T13:46:54","date_gmt":"2024-12-14T10:46:54","guid":{"rendered":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/?p=3064"},"modified":"2024-12-14T13:51:01","modified_gmt":"2024-12-14T10:51:01","slug":"%d1%9ezbekcha-ozbekiston-qaharmoni-ozbekiston-xalq-oqituvchisi-qoraqalpogiston-respublikasida-xizmat-korsatgan-oqituvchi-allaniyoz-uteniyazov-xaqida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/archives\/3064.html","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Qaharmoni, O\u2018zbekiston xalq o\u2018qituvchisi, Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasida xizmat ko\u2018rsatgan o\u2018qituvchi Allaniyoz Uteniyazov xaqida \u00abSaxovatda o\u2018tgan umr\u00bb mavzusida Esdalik"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<h1>\u00abSaxovatda o\u2018tgan umr\u00bb mavzusida Esdalik<\/h1>\n<h2>Tajimai holi:<\/h2>\n<h2>Allaniyoz Uteniyazov 1936-yil 8-fevralda\u00a0<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Qoraqalpog%E2%80%98iston_Respublikasi\">Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi<\/a>\u00a0<a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Kegeyli_tumani\">Kegeyli tumani<\/a>\u00a0Qazayaqli ovulida tug\u02bbilgan. 1949- yilda onasi bilan tog\u02bbasining yoniga\u00a0\u2013 hozirgi Nukus tumani Uzunko\u02bbl ovuliga ko\u02bbchib kelishadi. Allaniy\u043ez Nukus shahridagi maktabda o\u02bbqish bilan bilrga uyida poliz va sabzavotlar yetishtirgan. 1958\u00a0\u2013 1962-yillarda Qoraqalpog\u02bbiston pedagogika institutining (hozirgi Nukus davlat pedagogika instituti) chet tillar fakultetida o\u02bbqigan. 1962-yildan Nukus tumanidagi \u00a04-umumiy o\u02bbrta ta\u02bclim maktabida ingliz tili o\u02bbqituvchisi sifatida boshlab, 42 yil davomida dars berdi.<\/h2>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<h2>Faoliyati:<\/h2>\n<p>Fidoiy ustoz o\u02bcquvchilarga dars o\u02bctish bilan bir qatorda qishki va yozgi ta\u02bctil paytlarida yolg\u02bciz boshli, yordamga muhtoj 42 nafar qariyaga uy qurib berib, bu mehnatlari uchun haq olmagan. O\u02bbzbekiston Milliy ensiklopediyasidagi ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra Allaniyoz Uteniyazov 40 ta turar joy, 2 ta maktab, 2 ta bolalar bog\u02bbchasi, 2 ta shifoxona va bitta kutubxona qurgan. Undan tashqari 174 ta xonadonning uylarini kapital ta\u02bcmirlagan. Hamma qurgan uylari uchun shaxsan o\u02bczi hech qanday texnikalarning yordamisiz 860 ming dona g\u02bcisht quygan.<\/p>\n<p>1999-yili Nukus tumanida \u201eSaxovat\u201c fermer xo\u02bbjaligini tashkil etib, olma, o\u02bbrik, shaftolizorlar barpo etdi. Bu bog\u02bblarning mevalaridan Xo\u02bbjayli tumanidagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari birinchi navbatda bahramand bo\u02bblishgan. Xo\u02bbjalik hududidagi ishsiz aholini bandligini ta\u02bcminladi.<\/p>\n<p>Allaniyoz Uteniyazovning ta\u02bclim samaradorligini oshirib borishdagi zarur metodlaridan biri bu\u00a0\u2013 zamonaviy texnologiyalar vositasida dars o\u02bbtish, elektron darsliklardan foydalanish, internet t\u0430rmoqlari ma\u02bclumotlari bilan darslarni boyitish, lingafon, kompyuter xonalaridan samarali foydalanish.<\/p>\n<p>Allaniyoz Uteniyozov 2006 yil 27 yanvarda Toshkentda vafot etdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<h2>Mukofotlari:<\/h2>\n<ul>\n<li><a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/O%CA%BBzbekiston_Qahramoni\">O\u02bbzbekiston Qahramoni<\/a>(2001)<\/li>\n<li>O\u02bbzbekiston xalq o\u02bbqituvchisi (1992)<\/li>\n<li>Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasida xizmat ko\u02bbrsatgan o\u02bbqituvchi (1986)<\/li>\n<li>\u201eMehnat shuhrati\u201c ordeni (1995)<\/li>\n<\/ul>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<h2>Allaniyaz Uteniyazov haqida iqtiboslar:<\/h2>\n<p>Ingliz tili muallimining mehr-saxovatli ishlari haqida xabar topgan nafaqat yurtdoshlarimiz, xorijiy gazetalarda o\u02bbqigan millioner, madaniyat va fan arboblari, dunyoga tanilgan chempion, estrada yulduzlari, taniqli insonlar unga ehtirom, minnatdorchilik xatlari yo\u02bbllaganlar\u02d0<\/p>\n<p>\u201eSiz o\u02bbz insoniylik mehnatingiz bilan barcha odamzod bolasidan juda yuqori turasiz. Bu ishlaringiz yosh avlodlarni tarbiyalashda namuna bo\u02bbladi. Men sizga tan beraman\u2026\u201c.<em>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 <strong>Kuba davlati rahbari Fidel Kastro.<\/strong><\/em><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u201eSizning insoniylik ma\u02bcnaviy boyligingiz hech qachon o\u02bblmaydi, chirimaydi, mangu qoladi.\u201c \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<strong><em>Argentinalik millioner Sapun.<\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>\u00a0<\/em><\/strong><\/p>\n<p>\u201eSizning 30\u201335 yillik mehr-muruvvatga to\u02bbla himmatingizni har safar ringdagi jang oldidan 30\u201335 soniya xayolimda jonlantiraman, sizni ko\u02bbz oldimga keltirib, ibratingizdan madad olaman. Shu vaqt o\u02bbzimda qo\u02bbshimcha yengilmas kuch-quvvat to\u02bbplanganday sezaman va albatta, g\u02bbalabaga erishaman.<\/p>\n<p><strong><em>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 \u201cBoks bo\u02bbyicha jahon chempioni Vitaliy Klichko.<\/em><\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<h1>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Saxovatda o\u2018tgan umr yoki qoraqalpoq Hotamtoyi<\/h1>\n<p>Kuba prezidenti Fidel Kastro Rus tan olgan, Rossiya estrada yulduzi Alla Pugachyova ta&#8217;zim qilgan, ukrainalik aka-uka bokschi Klichkolar otasi sifatida ko\u2018radigan, saxovatpeshalik bo\u2018yicha dunyoga dong tarqagan qoraqalpog\u2018istonlik Allaniyaz Uteniyazov haqida eshitganmisiz?<\/p>\n<p>Ha, bir vaqtlari xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida bu inson haqida ko\u2018p yoritildi, lekin\u00a0uning fenomeni hali to\u2018la o\u2018rganilmadi.<\/p>\n<p>Allaniyaz Uteniyazov 1936 yilda Qoraqalpog\u2018istonning Kegeyli tumani Qazayaqli qishlog\u2018ida dehqon oilasida dunyoga kelgan. 1950 yil oxirlarida Qoraqalpoq davlat pedagogika institutining roman-german fakultetining ingliz tili yo\u2018nalishida tahsil olgan. Uning nomi talabalik yillaridan chiqa boshladi. Paxta yig\u2018im-terim paytida bir kunda 400 kilogacha paxta (bu tasdiqlangan fakt), 1 ming 200 kilogacha paxta g\u2018o\u2018zasini tergan Allaniy\u043ezga \u201ckombayn\u201d deb nom berishdi. Boshqa eng ilg\u2018or terimchi deganlarning o\u2018zi bir mavsumda 2,5-3 tonna paxta tersa, Allaniy\u043ezning marrasi 12-15 tonna bo\u2018ldi. Terilgan paxta uchun berilgan pullarni u xayriya ishlariga sarf qilardi.<\/p>\n<p>U birinchi kursni tugatgandan keyin yozgi ta&#8217;til paytida qishlog\u2018idagi Qurbaniyazovlar oilasiga uy qurib berdi. Bu uning birinchi marta qurgan uyi edi. Xizmatiga hech qanaqa haq olmadi.<\/p>\n<p>1962 yilda institutni tamomlab o\u2018z qishlog\u2018idagi 4-umumta&#8217;lim maktabida ingliz tili o\u2018qituvchisi sifatida boshlab, 42 yil davomida dars berdi.<\/p>\n<p>Fidoiy ustoz o\u2018quvchilarga dars o\u2018tish bilan bir qatorda qishki va yozgi ta&#8217;til paytlarida yolg\u2018iz boshli, yordamga muhtoj 42 nafar qariyaga uy qurib berib, bu mehnatlari uchun bir so\u2018m ham haq olmagan. Shuningdek, u bitta o\u2018zi 2 ta maktab, 2 ta akusherlik punkti, 2 ta bolalar bog\u2018chasi va bitta kutubxona qurdi. Undan tashqari 174 ta xonadonning uylarini kapital ta&#8217;mirlagan. Hamma qurgan uylari uchun shaxsan o\u2018zi hech qanday texnikalarning yordamisiz 860 ming dona g\u2018isht quygan. Bu ishlarining barchasini bepul, bitta o\u2018zi amalga oshirgan.<\/p>\n<p>Allaniyaz Uteniyazov haqida O\u2018zbekistondagi deyarli barcha gazeta-jurnallarda maqolalar chop etildi, televideniye va radiolarda tinmasdan targ\u2018ib qilindi. Sobiq Ittifoqdagi ko\u2018p adadli \u201cPravda\u201d, \u201cKomsomolskaya pravda\u201d, \u201cSemya\u201d va boshqa nashrlarda qator maqolalar chop qilingandan keyin uni butun dunyo taniy boshladi. Xususan, \u201cPravda\u201d gazetasining 1985 yil 29 sentyabr sonida chop qilingan \u201cLik dobroty\u201d (muallifi xalq yozuvchisi, O\u2018zbekiston Qahramoni Tulepbergen Qaipbergenov) maqolasidan so\u2018ng Allaniyaz Uteniyazov nomiga dunyoning turli burchaklaridan maktublar oqilib kela boshladi.<\/p>\n<p>Shu paytdagi Kuba davlati rahbari Fidel Kastro Rus: \u201cSiz o\u2018z insoniylik mehnatingiz bilan barcha odamzod bolasidan juda yuqori turasiz. Bu ishlaringiz yosh avlodlarni tarbiyalashda namuna bo\u2018ladi. Men sizga tan beraman&#8230;\u201d deb yozdi. Rossiya estrada primadonnasi Alla Pugachyova: \u201cSizning xolis xizmatlaringiz men uchun ibrat, minnatdorman. Sizdek odamning yurtimizda bor ekanligiga quvonaman. Xalqqa bepul qilgan mehr-shafqatingiz oldida ta&#8217;zim qilaman&#8230;\u201d desa, mashhur Muslim Magomayev: \u201cMuhtaram, muallim. Sizni va oila a&#8217;zolaringizni 1 may bayrami bilan chin dildan qutlayman. Sizga teran sog\u2018lik tilayman. O\u2018zingizning xayriya-saxovat ishlaringizni, bor aql-iste&#8217;dodingiz bilan davom ettira bergaysiz. Siz XX asrning Prometeyisiz&#8230; (Prometey olov o\u2018g\u2018irlab odamlarga yaxshilik ko\u2018rsatgan yunon mifologik qahramoni)\u201d deb eng iliq dil so\u2018zlarini izhor etib telegramma yo\u2018llagan.<\/p>\n<p>Argentinalik millioner Sapun esa o\u2018z maktubida: \u201cMening qo\u2018l ostimda 4 ming kishi ishlaydi. Argentinada eng boy odamlardan biriman. Xususiy mol, parranda fermalarim, fabrikalarim bor. Lekin, mening boyligim sizning boyligingiz qoshida chirik dunyodir. Sizning insoniylik ma&#8217;naviy boyligingiz hech qachon o\u2018lmaydi, chirimaydi, mangu qoladi. Sizning qilgan xizmatingiz dunyoda katta yangilik bo\u2018ldi. O\u2018qib ko\u2018rib, hayron qoldim. Menga katta turtki bo\u2018ldi. Men ham xayr-saxovatli bo\u2018lishga bel bog\u2018ladim. Mening sizga uchta savolim bor. Shunga javob berishingizni iltimos qilaman:<\/p>\n<ol>\n<li>Bu ishlarni o\u2018z xohishingiz bilan amalga oshirasizmi yoki birov ishla deb aytadimi?<\/li>\n<li>Sizda qanday kuch bor?<\/li>\n<li>Mahalliy aholi bu ishlaringizga qanday qaraydi?\u201d degan.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Ikki karra sobiq Kengashlar Ittifoqi Qahramoni A.Ryazanov: \u201cO\u2018qituvchilar qurultoyiga kelsang, bolangni ham ola kel. Bizning xonadonning eshigi siz uchun hamisha ochiq\u201d deb, xatiga javob yozishni so\u2018rasa, boks bo\u2018yicha jahon chempioni Vitaliy Klichko: \u201cSizning xalqingizga qilgan xayrli ishlaringizni eshitib, biz jahon ringidagi g\u2018alabalarimiz haqida aytishga or qilyapmiz. Sababi siz 30-35 yil o\u2018z hayotingiz davomida qanday qilib bo\u2018lmasin ojiz va kambag\u2018al kishilarga yordam qilyapsiz. Biz esa o\u2018z \u201cishimiz\u201dda 30-35 minut raqibimizni do\u2018pposlashimiz kerak. Aynan shuning uchun, ukam Vladimir bilan birga sizni otamiz sifatida ko\u2018ramiz. Siz biz uchun ideal odamsiz. Men har doim ringga jangga chiqishdan avval sizni tasavvur qilaman va Sizga ishonaman. Shu paytda o\u2018zimga kuch-quvvat to\u2018plagandek sezaman va g\u2018olib bo\u2018laman\u201d deydi.<\/p>\n<p>Jami miqdorda Allaniz Uteniyazov nomiga dunyoning har xil davlatlaridan 1500 dan ortiq maktub kelgan. Ularning barchasiga javob yozgan.<\/p>\n<p>* * *<\/p>\n<p>Allaniyaz Uteniyazovning ishlari 1963 yildayoq davlat rahbarlarining e&#8217;tiborini tortadi. U paytda Ittifoqni N.Xrushyov boshqarib turardi va makkajo\u2018xori ekish avjiga chiqqan edi. Allaniyaz Uteniyazov bironta kimyoviy o\u2018g\u2018it qo\u2018llanmasdan makkajo\u2018xorini 5-6 metrgacha o\u2018stirgan, har donasidan mo\u2018l hosil olgan. Bu butun ittifoqdagi rekord ko\u2018rsatkich bo\u2018lgan. Uning qilgan ishlari Sharof Rashidovning qulog\u2018iga ham yetib borgan.<\/p>\n<p>Allaniyaz ota haqida yozilgan \u201cAllaniyaz Qaharman \u2013 adamgershilikti\u04a3 joqarg\u2018\u0131 sh\u0131\u0144\u0131\u201d (Allaniyaz Qahramon \u2013 insoniylikning yuksak cho\u2018qqisi) kitobida (muallifi Eliza Dauletmuratova va Allambergen Dauletmuratov) shunday qiziqarli ma&#8217;lumot beriladi:<\/p>\n<p>\u201cAllaniyaz hattoki maktabdan olgan maoshini ham kambag\u2018al oilalarga ishlatib yuborgan. Uning turmush o\u2018rtog\u2018i ham o\u2018ziga o\u2018xshash rahmdil inson bo\u2018lgan, erining ishlarini doimo qo\u2018llab kelgan.<\/p>\n<p>Makkajo\u2018xori bo\u2018liq bo\u2018lgandan keyin shu paytdagi Qoraqalpog\u2018iston obkomining birinchi kotibi Qallibek Kamalov, Moskvadan, Toshkentdan muxbirlar tez-tez kelib turardi. Ular qurilgan uylarni, dalalarni suratga olardi.<\/p>\n<p>Bir kuni makka dalasiga Sharof Rashidov keldi va makkani ko\u2018rib, Allaniyazdan \u201cbunga qancha azot berasiz?\u201d, deb so\u2018radi:<\/p>\n<p>&#8211; Azot topish qiyin, mol go\u2018ngi beraman. Anavi chuqurni go\u2018ng bilan to\u2018ldiraman. Shahardagi sanochistka mashinalari go\u2018ngni qumlarga olib borib to\u2018kmoqda, shular bilan kelishib chuqurning ichini to\u2018ldirib, ustidan makkaga suv qochiraman. Qarabaraq degan o\u2018simlik sho\u2018r yerda o\u2018sadi. Chuqurga shuni tashlayman. U go\u2018ngni tezda chiritib, ko\u2018pirtirib chiqartiradi. Buning tarkibida azot va kaliy tuzlari bor. Ota-bobolarimiz sovun bo\u2018lmagan zamonda kiyimlarni shu o\u2018simlikning suviga yuvgan, \u2014 deganda Sharof Rashidov lol qolib, juda minnatdor bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u2013 Seni tug\u2018gan ota-onangga rahmat. Ota-onang bormi?<\/p>\n<p>\u2013 Uyimda yolg\u2018iz onam bor. Otam frontda halok bo\u2018lgan.<\/p>\n<p>\u2013 Onangga salom beraylik. Onangni ko\u2018rsat, \u2014 deydi Sharof Rashidov.<\/p>\n<p>\u2013 Uyim shu ovulda, ta&#8217;mirtalab. Qo\u2018lim tegmayapti. O\u2018zim g\u2018arib insonlarga bepul uy qurib beryapman, \u2014 deydi Allaniy\u043ez.<\/p>\n<p>So\u2018ng Sh.Rashidov uyiga borib, onasiga salom beradi.<\/p>\n<p>\u2013 Bu yigit uyiga qaramas ekan. Boshqalarga uy qurib yurib, o\u2018z uyiga vaqti bo\u2018lmas ekan. Unda Allaniy\u043ezga o\u2018zing uy qurib bergin, \u2014 deb Qallibek Kamalovga topshiriq beradi.<\/p>\n<p>Shu voqeadan keyin Allaniy\u043ezning ekkan makkasini ko\u2018rish uchun Xorazm, Buxoro viloyatlaridan odamlar kela boshlaydi. Shu yerda ko\u2018rgazma tashkil qilinadi. San&#8217;atkorlarning ham izi uzilmaydi. Mashhur xonanda Komiljon Otaniyozov ham Xivadan kelib konsert uyushtiradi.<\/p>\n<p>1964 yilda Xrushyov ishdan bo\u2018shaydi, makkajo\u2018xori masalasi ham sekin muhimligini yo\u2018qota boshlaydi. Shu paytda kolxoz raisi \u201cendi makka ekmaymiz, pomidor ekamiz\u201d deb Allaniy\u043ezning 40 gektar yerini olib qo\u2018yadi. Kolxoz raisi undan xafa ekan. Sababi, Sharof Rashidov kelgan paytda u kolxoz raisiga xabar qilmagan ekan. \u201cHech bo\u2018lmasa 5 gektar yer bering, men ham pomidor ekay\u201d desa ham aytganini qilmaydi. \u201cBoradigan yeringga bor, senga yer yo\u2018q\u201d deb po\u2018pisa qiladi.<\/p>\n<p>Keyin Allaniy\u043ez gorkomga boradi, u yerda ham \u201cpomidorni kolxoz ishchilari ekadi, sen maktabing bilan bo\u2018la ber\u201d deb qaytaradi. Qallibek Kamalov u paytda ovulda bo\u2018lmaydi. Allaniy\u043ez endi bir madad Rashidovdan, deb Toshkentga borishga ahd qiladi va maktab direktoridan ruxsat so\u2018rasa, u tuman xalq ta&#8217;limi bo\u2018limidan so\u2018ra, deydi. Tuman xalq ta&#8217;limi bo\u2018limiga kelsa ular ham rad etadi. \u201cAgar Toshkentga ketsang, ishdan haydalasan\u201d degan javob eshitadi.<\/p>\n<p>So\u2018ng tavakkal qilib, Toshkentga uchadi. O\u2018zLKSMning birinchi kotibi R.Abdullayevning oldiga boradi. Abdullayevni u doim yig\u2018ilishlarda ko\u2018rardi. \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0U ham buni yaxshi tanirdi. Unga masalani tushuntiradi. Abdullayev Allaniy\u043ezni respublika rahbarining oldiga olib kiradi.<\/p>\n<p>Sh.Rashidov yaxshi kutib oladi. Ahvollarini, makkani so\u2018raydi. U barini aytadi, yerini olib qo\u2018yganini va pomidor ekish uchun bermayotganini va hokazo.<\/p>\n<p>Rashidov darhol go\u2018shakni ko\u2018tarib Q.Kamalov bilan gaplashadi:<\/p>\n<p>\u2013 Menga odamlar amal, mashina so\u2018rab kelardi. Allaniy\u043ez Uteniyazov esa yer so\u2018rab keldi. Dehqonchilik qilmoqchi. Qoraqalpog\u2018istonda yer ozmi? Uning dehqonchilik qilish qo\u2018lidan keladi. Nima, unda endi uning tajribasini Farg\u2018onada qo\u2018llaylikmi? \u2013 deydi.<\/p>\n<p>\u2013 Mening bundan xabarim yo\u2018q edi, yer beramiz. Sharoitini ham qilib beramiz. O\u2018tgan yili uyini qurib berdik, \u2014 deydi Q.Kamalov.<\/p>\n<p>So\u2018ng go\u2018shakni o\u2018rniga qo\u2018yib:<\/p>\n<p>\u2013 Allaniy\u043ez, senga rahmat, yer beradi. Mehnatingni ko\u2018rsat xalqqa. Biz sizdek yoshlarni qadrlaymiz, Ishing hal bo\u2018ldi, endi qaytaver. Omad yor bo\u2018lsin, \u2014 deydi.<\/p>\n<p>\u2013 Men uch kun darsdan qolib ketdim. Ruxsat so\u2018rasam, javob berishmadi. Meni tuman xalq ta&#8217;limi bo\u2018limi, maktab direktori ishdan bo\u2018shatgan bo\u2018lsa ham kerak, \u2014 deydi.<\/p>\n<p>\u2013 Bo\u2018shatmaydi. Mana bu qog\u2018ozni tuman xalq ta&#8217;limi bo\u2018limi boshlig\u2018iga ko\u2018rsat, \u2014 deb o\u2018zining vizit kartochkasini beradi.<\/p>\n<p>Ertasiga maktabga borsa, ishdan bo\u2018shatilganligi haqida buyruqni koridorga ildirib qo\u2018yishgan ekan. Tuman xalq ta&#8217;limi bo\u2018limiga borsa, ishdan bo\u2018shatilding, deydi. \u201cMen Toshkentga bordim. Sharof Rashidovning oldiga kirdim\u201d desa ishonmaydi.<\/p>\n<p>Qaytanga \u201cRashidov seni nima qilsin? Uning sendan boshqa ishi yo\u2018q ekanmi?\u201d deb kalaka qiladi.<\/p>\n<p>So\u2018ng vizit kartochkasini ko\u2018rsatganda, tuman xalq ta&#8217;limi bo\u2018limi boshlig\u2018ining ko\u2018zlari xonasidan chiqib ketay deydi va o\u2018zi maktabga kelib, direktor bilan gaplashib buyruqni bekor qildiradi. Keyinchalik kolxoz yer ham berdi. Poliz ekadi. Pomidorlar kosaday unib chiqadi.<\/p>\n<p>* * *<\/p>\n<p>Oliyjanob insonni O\u2018zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ham qadrlagan. \u201cYuksak ma&#8217;naviyat \u2013 yengilmas kuch\u201d kitobida uni Behbudiy, Munavvarqori, Avloniy, Cho\u2018lpon, Fitrat va boshqa buyuklar qatorida ko\u2018radi.<\/p>\n<p>Shuncha ishlarni bajarib yurgan Allaniy\u043ez maktabdagi darslarini biron marotaba bo\u2018lsayam qoldirmagan. Hattoki, bir vaqtlari tuman maktablarida ingliz tili fani o\u2018qituvchisi yetishmay qolgan. Shunday paytlarda orasi 4-5 km keladigan 3 ta maktablarga qatnab ishlashiga to\u2018g\u2018ri kelgan va u buni doimo uddalab kelgan. Yana maktablar orasiga piyoda qatnagan. Mana shu kasbida u 42 yil faoliyat yuritgan.<\/p>\n<p>Allaniy\u043ez Uteniyazov butun umri davomida qo\u2018li mehnatdan bo\u2018shamadi. Faqat 2001 yilda bir martagina Farg\u2018onaga sanatoriyaga borgan. Unda ham tuman hokimi tezda chaqirtirib olgan. Sababi uni \u201cO\u2018zbekiston Qahramoni\u201d yuksak davlat mukofotini topshirish marosimiga qatnashish uchun Prezident devonidan izlashayotgan edi.<\/p>\n<p>Uning hayoti davomidagi qilgan ishlari yuksak ibrat namunasidir. Agar uning hayoti davomida amalga oshirgan xayr-saxovat ishlari hujjatlashtirilib tegishli organlarga topshirilganida u xalqaro mukofotlarga ham sazovor bo\u2018lishi mumkin edi. Lekin, shaxsan o\u2018zi qilgan ishlarini ko\u2018z-ko\u2018z qilishni umuman yoqtirmagan.<\/p>\n<p>2000 yilda Qoraqalpog\u2018istonga og\u2018ir keldi. Hududda ekologik qiyinchilik, suvning yetishmovchiligi yuzaga kelgan bir paytda u 15 gektar maydonda \u201cSaxovat\u201d nomli bog\u2018dorchilik fermer xo\u2018jaligini tashkil qildi va unda har xil meva, poliz mahsulotlarini yetishtirdi. Suvsizlik paytida kanalning tubida qolgan suvlarni qo\u2018lda tashib bog\u2018dagi ekinlarini sug\u2018ordi. Undan olingan mahsulotlarni mehribonlik va muruvvat uylariga bepul tarqatdi. Bog\u2018 hozirda uning bolalari tomonidan parvarishlanib kelinmoqda.<\/p>\n<p>Allaniy\u043ez Uteniyazovning xizmatlari hukumat tomonidan yuksak baholandi. U \u201cO\u2018zbekiston xalq o\u2018qituvchisi\u201c, \u201cQoraqalpog\u2018istonga xizmat ko\u2018rsatgan o\u2018qituvchi\u201d, \u201cO\u2018zbekiston seleksioneri\u201c, \u201cMehnat qahramoni\u201c ordenlari bilan taqdirlangan. 2001 yilda \u201cO\u2018zbekiston Qahramoni\u201d unvoniga sazovor bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Allaniy\u043ez Qahramon ortida o\u2018lmas buyuk meros qoldirib 2006 yilda vafot etdi. Uning ismi hamisha g\u2018urur bilan tilga olinadi. Biz uchun Allaniy\u043ez ismi saxovatlikda hotamtoyga tengdir.<\/p>\n<p><strong>Yesimqan Qanaatov, O\u2018zA muxbiri, Qoraqalpog\u2018iston.<\/strong><\/p>\n<h2>Manbalar:<\/h2>\n<h2><a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Allaniyoz_Uteniyozov#cite_ref-1\">\u2191<\/a>\u00a0<a href=\"https:\/\/lex.uz\/ru\/docs\/2369465\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-2918-sonli Farmoni<\/a><\/h2>\n<ol>\n<li><a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Allaniyoz_Uteniyozov#cite_ref-2\">\u2191<\/a><em>Yangi O&#8217;zbekiston &#8211; maktab ostonasidan boshlanadi [Izomaterial]: kitob-albom\/ Xalq ta&#8217;limi vazirligi -Toshkent\u00a0: 2021.<\/em>, 2021.<\/li>\n<li><a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Allaniyoz_Uteniyozov#cite_ref-3\">\u2191<\/a><a href=\"https:\/\/www.gazeta.uz\/oz\/2018\/12\/24\/nukuslik-muallim\/\">Nukuslik-muallim<\/a><\/li>\n<li><a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Allaniyoz_Uteniyozov#cite_ref-4\">\u2191<\/a><a href=\"https:\/\/m.kun.uz\/uz\/news\/2020\/05\/04\/saxovatda-otgan-umr-yoki-qoraqalpoq-hotamtoyi\">Saxovatda o\u02bbtgan umr yoki qoraqalpoq hotamtoyi<\/a><\/li>\n<li><a href=\"https:\/\/uz.wikipedia.org\/wiki\/Allaniyoz_Uteniyozov#cite_ref-5\">\u2191<\/a><em>{{{title}}}<\/em>.<\/li>\n<\/ol>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Internet tarmoqlaridan foydalanildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>\u0422ayyorlagan:\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 J.Kadirbaeva<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u00abSaxovatda o\u2018tgan umr\u00bb mavzusida Esdalik Tajimai holi: Allaniyoz Uteniyazov 1936-yil [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3066,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-3064","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bibliographic-reference"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3064","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3064"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3064\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3065,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3064\/revisions\/3065"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3066"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3064"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3064"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/taqiyatasmko.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3064"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}