Joriy yilning 6-may kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Buvijonlar o‘giti – hayot saboqlari” mavzusida namunali oilaga tashrif tashkillashtirildi. Mazkur tashrif doirasida namunali oilada iliq va samimiy muhitda uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv Xaytboevlar oilasida bo‘lib o‘tdi. Xaytboevlar oilasi mahallada o‘zining ahilligi, tarbiyali farzandlari va kitobxonlik an’analari bilan ajralib turadigan namunali oila hisoblanadi. Oila a’zolari birgalikda kitob mutolaa qilib, ayniqsa, buvijon tomonidan berilgan hayotiy o‘gitlar va pand-nasihatlar yoshlar uchun muhim saboq bo‘ldi. Katta avlodning boy tajribasi va samimiy suhbatlari bolalarning ma’naviy kamolotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Shuningdek, uchrashuv davomida oila a’zolariga badiiy va tarbiyaviy kitoblar taqdim etildi. Bu esa kitobxonlikni yanada rivojlantirish, yosh avlodni ilm-ma’rifatga oshno etishda muhim qadam bo‘ldi.
Xulosa qilib aytganda, Xaytboevlar oilasida o‘tkazilgan ushbu uchrashuv yoshlar tarbiyasida oila va kitobning beqiyos o‘rni borligini yana bir bor namoyon etdi. Uchrashuv yakunida oila a’zolari bu kabi tashriflar yoshlar tarbiyasida muhim o‘rin tutishini ta’kidlab, kitobxonlikni yanada rivojlantirishga qaratillgan ishlardan minnatdorligini aytib o‘tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы