O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to’g’risida»gi PQ-361- sonli qarorini amalga oshirish va Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2022 yil 14-noyabrdagi 142-son va Qoraqalpog’iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazining 2022 yil 18-noyabrdagi 86-son buyrug’ini ijro etish maqsadida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida olib boriladigan ish-rejasi ishlab chiqildi.
Ushbu ish-rejasini ta’minlash maqsadida joriy yilning 18-iyul kuni tuman Axborot-kutubxona markazi va tuman “Aydin jol” bolalar dam olish oromgohida Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklari” nomli badiiy kecha tashkillashtirildi.
Badiiy kechada Axborot-kutubxona markazi abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi D.Xalbaeva ulug’ o’zbek mutaffakir olimi Abu Rayhon Beruniyning hamma fanlarni puxta egallaganligi, fanlar taraqqiyotiga qo’shgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy olganligi, uning ilm-fanga qiziqishi va yodgorliklari haqida gapirib berdi.
Badiiy kecha davomida oromgohda dam oluvchi yosh o’g’il-qizlar tomonidan mutafakkir hayotiga oid ma’lumotlarni, uning ilmiy-ma’rifiy asarlari va hikmatli so’zlari, haqida sahna ko’rinishlari va raqslar ijro etildi.
Badiiy kecha maroqli va mazmunli o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы