Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida 1-oktyabr “Ustozlar va murabbiylar” kuniga bag’ishlangan “Vatan xizmatiga fidodir ustoz” nomli bayram kechasi o’tkazildi.
2021 – yil 29-sentyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot kutubxona markazida 1- oktyabr “Ustozlar va murabbiylar” kuniga bag’ishlangan “Vatan xizmatiga fidodir ustoz” nomli bayram kecha tashkillashtirildi. bayram kechaga O’zbekiston va Qoraqolpog’iston Yozuvchilar uyishmasining a’zosi, Qoraqolpog’istonga mehnati singan jurnalist Joldasbay Nurillaev va kutubxona sohasiga mehnati singan, nuraniy opamiz J.Atamuratova, Xalq ta’lim bo’limiga qarashli 5 sonli umumta’lim o’rta maktabi kutubxonachisi A.Jangabaeva va 6 sonli maktabi kutubxonachisi M.Xo’janbergenovalar va yosh kitobxonlar ishtirok etdi. Bayram kechani, Taxiatosh tumani axborot kutubxona markazi direktori N.Sultanova 1- oktyabr “Ustozlar va murabbiylar” kuni bilan kelgan mehmonlarni tabrikladi. Keyingi so’z navbatida, Qoraqolpog’istonga mehnati singan jurnalist Joldasbay Nurillaev o’z so’zida ustozlar bayramiga samimiy tilaklarini bildirib, ustozlarga bag’ishlab yozgan she’rlaridan namunalar o’qib eshittirdi. Kechada, Xalq ta’lim bo’limiga qarashli 5 va 6 sonli umumta’lim o’rta maktabining talantli yosh kitobxonlar “Ustozlar va murabbiylar” haqidagi she’rlarini ifodali o’qib berishdi va o’zlarining ashula va raqslardan iborat kontsert dasturini namoyish qildilar. Kecha yakunida, kutubxona sohasiga mehnati singan, nafaqadagi J.Atamuratova ishtirokchilarga, kutubxona xodimlariga va yosh kitobxonlarga o’z minnatdorchiligini bildirib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы