2022 yilning 04-mart kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Xalq ta’limi bo’limiga qarashdi 3 sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda kitobxon yoshlarning g’azalxonlikga bo’lgan qiziqishini oshirish maqsadida, “Baxru-bayt”, g’azalxonlik aytishuvi bo’lib o’tdi.“Baxru-bayt” aytishuviga, kutubxonaning Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.Tureniyazova va mutaxassisi D.Xalbaeva, maktab kutubxonachisi B.Dosimbetova, A.Aymaxanova, o’zbek tili o’qituvchisi G.Saparova va maktab o’quvchilari ishtirok etdi. “Baxru-bayt” aytishuvida kitobxon yoshlar so’z mulkining sultoni, bobomiz Mir Alisher Navoiyning va Zaxiriddin Maxammad Boburning g’azallaridan aytib o’z-aro bellashdilar. Bellashuvda o’zining g’azal aytish mahorati tomonidan boshqalardan ajiralib turgan kitobxon yoshlar g’olib deb topilib:
1-o’rin: Dao’letyarov Xudaybergen
2-o’rin: Saparova Gulrux
3-o’rin: Satdinova Laylolar belgilangan o’rinlarni elallashga muvofiq bo’ldi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы