Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida yozuvchi, shoirlar va yosh ijodkorlar bilan uchrashuv tashkillashtirildi.

2022 yil 20-aprel kuni, Taxiatosh tumani XTBga qarashli 3-sonli umumta’lim maktabining majlislar zalida kitobsevar millat shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida yozuvchi, shoirlar va yosh ijodkorlar  bilan uchrashuv tashkillashtirildi.     Uchrashuvga,Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi direktori N.Sultanova,  shoira N.Uzakova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi  Taxiatosh tuman bo’linmasi mutaxassisi G.Reymova, “Taqıyatas xabarları” gazetası redaktorı” gazetası redaktorı T.Shamekova, Taxiatosh tumani XTBga qarashli  maktablarning ijodiy – madaniy  masalalari bo’yicha targ’ibotchilari va yosh ijodkorlar ishtirok etishdi.    Shoira Nazlimxon Uzakova so’z navbati berilar ekan, u o’z so’zida 2022 yil nashrdan chiqarilgan “Bir tamshı shıq” kitobi bo’yicha yosh kitobxonlar va yosh ijodkorlarga ushbu kitobning yaralishi, asosan hayotiy tajribalari to’g’risida yozilganligi, bunda kitobdagi “Balam” (Násiyat qosıg’ı),” “Tuwılǵan jer” to’g’risidagi she’rini o’qib berdi.  O’z navbatida yosh ijodkorlardan, “Qalbga sayoxat” kitobi muallifi J.Tajibaev, “Ilhom pariylari” va “Ikki qalb orzusi” kitobi muallifi Muxayyo va Surayyo Genjebaevalar ham o’z navbatida o’zlarining yozgan she’rlaridan o’qib berildi.  Bundan tashqari, havaskor she’r yozuvchi yoshlar G.Djumaeva, A.Seytnazarova, H.Raxmanbergenova, S.Sabirova, D.Amanqulovalar o’z qalamlariga mansub she’rlaridan bahramand etishdi.         Bugungi, shoira va yosh ijodkorlar bilan o’tkazilgan uchrashuv kechasi mazmunli va qiziqarli tarzda yakunlandi.