Joriy yilning, 14-iyun kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi D.Xalbaeva tomonidan “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida tumanimizdagi “Markaziy” MFY xududidagi M.Jumabaev ko’chasi 12-xonada yashovchi fuqaro Asыlbek Abatovning uyidan xabar olindi. A. Abatov bilan suhbat qilinib, u audio kitoblarni tinglashni ma’qul qo’rishi sababli, kutubxona xodimlari tomonidan adabiy audio kitoblar muntazam etkazib berilishi aytib o’tildi va kutubxonamizdagi audio kitoblar to’g’risida ma’lumotlar berildi. Shuning bilan birga, U, tarixiy kitoblarni o’qishni yaxshi ko’rishlarini, darsliklar bo’yicha audio kitoblar to’g’risida ham audio kitoblar kerak ekanligini takidladi va kutubxona xodimlari tomonidan kutubxonamizda adabiy audio kitoblar bor ekanligi tushuntirilib, darslik bo’yicha audio kitoblarni topib berishga harakat qilinishi aytib o’tildi. Kelgusida, A.Abatov oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirishlarini hohlashi, bu borada ilmiy, tarixiy kitoblarning audio variantlari bo’lganda o’qishga kirishga tayyorgarlik ko’rishlarini bildirdi va kelgusi rejalari to’g’risida suhbatlashildi va 15-iyul kuni, D.Xalbaeva tomonidan Muhammad Yusufning sherlari, Uilyam Shekspirning asarlar to’plamlaridan audio kitoblari kitobxonga tinglash uchun etkazib berildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы