Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

O’zbekiston xalq shoiri, yozuvchi, akademik G’ofur G’ulom tavalludining 120 yilligi munosabati bilan «O’zbek xalqining sevimli shoiri» mavzusida uslubiy qo’llanma

O’zbek halqining sevimli shoir va yozuvchisi G’ofur G’ulomning hayoti va ijodi haqida                                                 

                                                   (1903-1966)

            XX asr o’zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri G’ofur G’ulom 1903-yil 10-mayda Toshkent shahrining Qurg’ontegi mahallasida mehnatkash oilasida tug’ilgan. G’ofur G’ulom 9 yoshida otasidan, 15 yoshida onasidan ajiralgan. G’ofur G’ulom avval eski maktabda, so’ngra rus-tuzem maktabida ta’lim olgan. 1923 yildan bolalar uyida mudir va tarbiyachi, so’ng «Kambag’al dehkon», «Qizil O’zbekiston», «Sharq haqiqati» ro’znoma muharririyatlarida ishladi. Ro’znoma uning uchun katta rol uynadi, sababi u halq hayotini o’rganishda, unda faol aralashish yo’lida muhim vosita bo’ldi. Uning mamlakatni himoya qilish haqidagi tantanavor qasidalari, o’tmish sarqitlarini qoralovchi hajviy she’rlari va halqning kundalik ijodiy mehnatini olqishlovchi asarlaridan jamlangan «Dinamo» va «Tirik qo’shiqlar» nomli dastlabki she’riy to’plamlari 1931-1932 yillarda chop etildi. Shoir liro-epik janrlarida (1930-1935) «Ko’kan» poemasini, «To’y», «Ikki vasiqa» balladalarini yaratdi. 30-yillar G’ofur G’ulom hikoya, ocherk, fel’etonlar qatori «Netay», «Yodgor», «Tirilgan murda», «Mening ug’rigina bolam», «Shum bola» kabi qissalarini ham o’z kitobxoniga taqdim etdi. Ulug’ Vatan urushi yillarida shoir o’z ijodining butun haroratini fashist bosqinchilariga qarshi kurashayotgan halqqa, uning muqarrar g’alabasiga bag’ishladi. U «Sen etim emassan», «Oltin medal», «Kuzatish», «Vaqt», «Sog’inish» kabi she’rlarini ijod qildi, publitsistlik ocherk va maqolalar yozib, halqni jang va mehnat g’alabasiga otlantirdi.     Ulug’ Vatan urushi yillarida shoir o’z ijodining butun haroratini fashist bosqinchilariga qarshi kurashayotgan halqqa, uning muqarrar g’alabasiga bag’ishladi. So’nggi yillarda G’ofur G’ulomning 20 yaqin she’riy to’plamlari chop etildi. Ayniqsa, shoirning «Kuzatish», «Sen etim emassan», «Qish», «Bizning ko’chada ham bayram bo’lajak», «Onalar» singari asarlarida dunyo halqlarini fashizm vabosidan xalos etgan jangchilarimizning mardona kurashlari tasvirlangan.         U og’ir turmush tufayli oliy ma’lumot olishga ulgurmadi, biroq hayot atalmish oliy darsxonada obdan o’qidi. Ongi va bilimini boyitdi, xalq orzu umidlarining chuqur mohiyatini idrok etdi, badiiy tafakkurning nozik sir asrorlarini egalladi. Natijada, oddiy bir kambag’al oilasida to’g’ilib, voyaga etgan yigit “men o’zbek shoiriman, o’z halqimning tiliman” deya olish darajasiga ko’tarildi; o’zbek xalqining jahondagi buyuk xalqlardan biri ekanligini angladi va xis etdi, butun umri shu xalqning g’ururi-yu buguni, o’tmish-yu kelajagi, armoni-yu umidi, mashaqqatlariyu sururini kuyladi. G’ofur G’ulom 1943 yili O’zbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi qilib saylandi, “O’zbekiston xalq shoiri” unvoniga sazovor bo’ldi. Xalq shoirning ruo’xini e’zozlab nashriyot, universitet, metro bekati, maktab va ko’chalarga uning nomini berdi. Un jildlik “Asarlar” (1972-1977) va un ikki jildlik tula asarlar to’plami (1984-1989) bosilib chiqdi.      G’ofur G’ulom urush yillarida yozilgan she’rlaridan jamlangan «Sharqdan kelayotirman» to’plami uchun 1946 yili Ittifoq Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi. Yozuvchi o’z davrida «Hurmat belgisi» (1944), uch marta «Mehnat Qizil Bayroq» ordeni (1937, 1951, 1961) bilan taqdirlandi. Shoirning ko’pgina asarlari qardosh xalqlar, Osiyo va Evropa tillariga tarjima qilingan.           G’afur G’ulom o’z davrining talabini tez anglab etdi. Shu boyis yangi maktablarning birida avval o’qituvchilik, so’ng direktorlik qildi. Etim bolalar maktab internatiga mudir bo’ldi. Muntazam tahsil ko’rmagan bo’lsada, noyob iste’dodi, favqulotda mehnatkashligi tufayli g’oyat keng bilimga ega bo’lgan. G’ofur G’ulom o’z she’rlarining birida shunday deb yozadi: «Men har doim o’zimdan surayman: «Men xalqqa foyda keltirdimmi? Men ular uchun bugun nima ishladim?, Meni non tuz bilan tuydirgan xalqimga nima qildim? G’ofur G’ulomning qushnilari uni hurmat bilan «Janob G’ulom» derdilar. G’ofur G’ulom g’oyat serqirra ijod sohibi edi. Uning qalamidan chiqqan falsafiy umumlashmalarga boy she’rlar, davrning eng muhim muammolariga javob sifatida bitilgan yirik dostonlar, inson ma’naviyatining murakkab masalalarini tasvirlashga bag’ishlangan qissalar, ichak o’zdi hajviy hikoyalar, adabiyot tariyxining murakkab masalalari tadqiqiga bag’ishlangan salmoqdor ilmiy maqolalar fikrimizning daliylidir. U o’z davriga hamohang shoir edi. Chunki davr ko’pincha, ijodkordan ogoh bo’lishini talab etar, bu talabga rioya qilgan ijodkorlar bitiklarida yolg’on e’tiqodga – hukmron mafkuraga tayanchlari lozim bo’lardi. Lekin G’ofur G’ulom buyuk iste’dod egasi, millat tarixini, uning ruo’hiyatini chuqur anglagan ijodkor sifatida eng sara asarlarida mafkuraviy qalblarni yorib chiqa oldi. O’zbek she’riyatining otashin yorchisi, ulkan san’atkor egasi G’ofur G’ulom milliy adabiyotimizning rivojiga katta hissa qo’shgan adibdir.           Adib 1966 yil 10 iyulda Toshkentda vafot etgan.  Vafotidan so’ng 2000 yili «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan.           G’ofur G’ulom betakror she’riyati va “Shum bola” asari misolida o’ziga xos maktab yaratdi, ko’plab qalamkashlarni orqasidan ergashtirdi, ustoz san’atkor  deb tan olindi. «Shum bola» qissasi asosida filmlar yaratildi.Oybek 1935 yildayoq G’ofur G’ulom to’g’risida so’zlab: “G’ofurning she’r va dostonlari aksar vaqt jangovar ham ko’rashchan ruo’xni ifoda etadi, buyuk inqilobiy davrning fikr va to’yg’ulari, motivlari, jo’shqinligini kuylaydi. Fikr, sezgilarni, voqealarni aniq, yaqqol, qirrali, qabariq va yangi obrazlarda berishga intiladi”, deb yozgan edi. A. Fadeev ham «O’zbek xalqining g’ururi” (1945) maqolasida “Shoir va akademik G’ofur G’ulom sovet poeziyasining eng o’ziga xos va mislsiz hodisalaridan biridir… Uning she’rlari hamisha fikr va teran to’yg’o’lar bilan sug’orilgan», deb yuksak baho bergan edi. L.Bat esa, «Shum bola» to’g’risida so’zlab, «Mohiyat jihatidan chuqur milliy ruo’xdagi bu asar Mark Tvenning «Tom Soyerning boshidan kechirganlari», «Dikkensning ba’zi romanlariga yaqindir», degan edi.         G’ofur G’ulom chindan ham XX asr o’zbek she’riyati va nasrining yirik va betak¬ror vakilidir.

G’ofur G’ulomning asarlariga kitob ko’rgazma tayyorlash uchun mavzular

        «G’ofur G’ulom adabiyotshunos shoir», «Tarix sahifalarida mangu qolgan ustoz» , «Yozuvchi-shoir G’ofur G’ulom 120 yoshda»

Shuningdek, yozuvchi-shoirning ijodiga bag’ishlab kutubxonalarda ijodiy uchrashuv kecha, adabiy kecha, davra suhbatlari, xotira kechasi, adabiyot ihlosmandlari bilan taqdimot kechasi, asarlari bo’yicha kinofilm namoyish etish mumkin. Kecha davomida har xil viktorina, savol-javob o’yinlar o’tkazilsa ham bo’ladi.

G’ofur G’ulomning tavallud kuniga bag’ishlangan kitobxonlar ishtirokida o’tkaziladigan adabiy kechaning stsenariyasi

 Boshlovchi:    G’.G’ulomning hayoti va ijodi, mehnat yo’llari haqida tushincha berib o’tadi. Kechani ochish uchun so’z beriladi va kelgan mehmonlar bilan tanishtiriladi.         Kecha davomida o’quvchilar yozuvchining asarlaridan parchalar aytishadi va sahnali ko’rinishlar ko’rsatishadi. Kecha qiziqli o’tishi uchun bolalar bilan savol-javob viktorina o’yinin o’tkazishingiz mumkin.         Bu savol-javob o’yiniga 8-10 o’quvchi qatnashadi.O’yin 2 sharttan iborat.

1-shart bo’yicha o’quvchilarga G’.G’ulomning hayoti va ijodi haqida savol-javob beriladi.  2-shart bo’yicha o’quvchilarga G’.G’ulomning «Shum bola» filmidan ko’rinish. Bunda Qoraboy obrazidan qiziqarli lavhani ovozsiz ko’rsatish kerak. Ishtirokchilar Qoraboyning shu o’rinda aytgan so’zlarini topib gapirib berishi kerak.

1-shart uchun savollar:

  1. G’ofur G’ulom nechanchi yili va qaysi shaharda to’g’ilgan?
  2. G’ofur G’ulom qaysi o’qish o’rnida bilim olgan?
  3. Yozuvchining qaysi kitoblarini o’qidingiz?
  4. G’ofur G’ulomning ish faoliyati haqida nimalarni bilasiz?
  5. G’ofur G’ulomning qaysi asarlari sizga ko’proq yoqadi?
  6. «Shum bola» filmidagi bosh qahramon kim?
  7. Shoirning qaysi asarlari yoki she’ri boshqa tilga tarjima etilgan?
  8. G’ofur G’ulomning qaysi she’riy to’plamlarini bilasiz?
  9. G’ofur G’ulomning qaysi she’rlarini yod olgansiz?
  10. Yozuvchi nechanchi yili vafot etgan?

2-shart: G’ofur G’ulomning «Shum bola» filmidan ko’rinish

 Masalan: — Ha, o’g’lim, juda o’tirib qoldingiz? Namoz tamom bo’ldi.

— O’zim madrasada o’qir edim, hozir ta’til vaqti…

G’ofur G’ulomning «Shum bola» qissasi haqida

G’ofur G’ulomning «Shum bola» qissasi tasviriy vositalarga boyligi bilan boshqa asarlardan ajiralib turadi. Bu kitob qahramoni ko’plab turli, quvnoq va qayg’uli sarguzashtlarni boshidan kechiradi. O’zgalar ustidan kulib, ahmoq qilish niyatida bo’lganlar, oxir-oqibat, o’zlari shu tushib qolishadi.        «Shum bola» qissasi bu sargardonlik va mehnat orqali erk topi shva o’yga qaytish haqidagi hikoya.        «Shum bola» qissasi bu G’ofur G’ulomning o’z bolaligi haqidagi hikoya: uning chang ko’chalarda daydigani, ochiq osmon ostida tong ottirgani, ochko’zlik bilan har ishga yopishgani…  Ammo, muallifning qadim milliy hususiyatlarga xos qiziq-quvnoq uydirmalari orqali Shum bola halq og’zaki ijodida mansub sevimli qahramon-afsonaviy Nasriddin bilan qandosh bo’lib ketadi.       G’afur G’ulom Shum bolani jonli tasavvur kasb etgan, uning tilida naql va maqollar, bularning aksariyati yumor bilan jilovlangan. G’ofur aytganidek: dunyoda «Kulguning ayyorgina oynasi orqali» qaraydi. Uning toza yuragida esa, qalb erki, olam nafosati hissi yashaydi va bunday yurak go’zallik uchun hamisha ochiq…

Shoir haqida

 G’ofur G’ulom poeziyasining xalqchilligi shundaki, u o’z asarlarida janojon xalqning hayot haqiqatini, orzu va o’ylari, yorug’ istiqbolga bo’lgan ishonchini aks ettirdi.                                       Sh.Rashidov.

XX asrda yashab o’tgan mashhur o’zbek shoiri G’ofur G’ulom o’z davrining mumtoz allomasigina bo’lib qolmay, o’z ijodi bilan mangulikka dahldor qalamkashlardandir.                                                                                    O.Bo’riev

Nazmda daryodek toshqinsan G’ofur

Do’stlikda chashmadek jo’shqinsan G’ofur                                                 Mirzo Tursunzoda

Adabiyotlarning tavsiya ro’yxati

       G’.G’ulom «Quqon» (poemasi) T.: «O’qituvchi»- 1934. – 40v

G’.G’ulom «Dinamo» (she’riy to’plamlari) (1930)

G’.G’ulom «Tirik qo’shiqlar» (she’riy to’plamlari) (1930)

G’.G’ulom «Netay» (qissa) (1930)

G’.G’ulom «Egalari egallaganda» (1931)

G’.G’ulom «Ikki vasiqa» 1930-1935

G’.G’ulom «Shum bola» (qissa) 1936

G’.G’ulom «Shum bola»: Qissa. – T.: «Sharq», 2014.-160b

G’.G’ulom «Sizga in’omim mening»: She’rlar. T.: «Sharq», 2003. – 48b

G’.G’ulom «Sharqdan kelayotirman» (to’plami)

G’.G’ulom «Yangi kunlar» (qissa) T – 1990

G’.G’ulom «Shum bola» (qissa) 2018

G’.G’ulom Tanlangan asarlar (nazm va nasr) 2018

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. G’ulom G’afur. Shum bola [qissa]/ G’.G’ulom. – Toshkent: Xilol Media, 2018.-144b
  2. G’ulom G’afur. Tanlangan asarlar. Nazm va nasr. – T.: G’afur Gulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018y – 352b 3.https://kitobxon.com/ru/yozuvchi/gafur-gulom saytidan foydalanildi.

 

Tayyorlagan:                               J.Kadirbaeva