Joriy yilning 19-oktyabr kuni Taxiatosh tuman Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi A. Toreniyazova tomonidan 5-sonli maktab binosida 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “Til – millat ko‘zgusi, kitob – ma’naviyat chirog‘i” mavzusida badiiy kecha tashkil etildi.
Tadbirda 5-sonli maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari S. Urazbaeva, maktab kutubxonachisi A. Jangabaeva, ona tili fani o‘qituvchilari A. Yoldashova, M. Utemuratova, D. Qazaqbaeva hamda yosh kitobxonlar ishtirok etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilarda ona tiliga bo‘lgan hurmat va muhabbatni kuchaytirish, o‘zbek tilining boyligi va go‘zalligini targ‘ib qilish hamda yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida o‘zbek tilining tarixi va 1989-yil 21-oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani haqida ma’lumotlar taqdim etildi. O‘quvchilar ona tiliga bag‘ishlangan she’rlar o‘qidilar, hikmatli so‘zlar va maqollar aytdilar. Shuningdek, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Badiiy kecha ko‘tarinki ruhda, mazmunli va qiziqarli tarzda o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari ona tilimizni asrab-avaylash, uni hurmat qilish hamda to‘g‘ri va ravon so‘zlash har birimizning burchimiz ekanini yana bir bor angladilar.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы